Respublikada transport yoʻlaklariga boʻlgan talab
Download 18.65 Kb.
|
Respublikada transport yoʻlaklariga boʻlgan talab
Respublikada transport yoʻlaklariga boʻlgan talab. Respublikaning iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta’minlaydigan xalqaro transport yoʻlaklarini barpo qilish, tranzit va viloyatlar oraligʻida ishonchli transport aloqasini ta’minlash, respublikaning tashqi integratsiyalashgan va ichki birikkan yagona transport muhitini shakllantirish, qolaversa, Buyuk Ipak Yoʻlini qayta tiklash va jahon bozoriga chiqish kabi masalalar davlat yoʻl siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Ushbu vazifalar “Oʻzbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini 2015-2019 yillarda va uzoq muddatli kelajakda rivojlantirish dasturi” ning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Dasturning amaliy echimi mavjud avtomobil yoʻllari tarmogʻining rekonstruktsiyaga va ta’mirlashga muhtoj boʻlaklarini aniqlash hamda yoʻllarning transport-foydalanish sifatlarini oshirish, yoʻllarning texnik va foydalanuv holatlarini yoʻldan foydalanuvchilar talablariga muvofiqlashtirish, avtomobillar harakat qulayligi va xavfsizligini ta’minlash, yoʻllarni saqlash ishlarini oqilona tashkil qilishdan iboratdir. Bugungi kunda respublikada transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha davlat texnik siyosatida ustivor vazifalar belgilangan va talablar qoʻyilgan. Ushbu talablar quyida keltirilgan Prezident qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida oʻz aksini topgan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.08.2003 yildagi PF-3292 sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2005 yildagi 194- sonli “Oʻzbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3.03.2006 yildagi PQ-299 sonli “Yoʻl-qurilish ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari hamda 2006 yilda avtomobil yoʻllari qurilishi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2006 yildagi 361- sonli “Oʻzavtoyoʻl” Davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1.10.2006 yildagi 226- sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida” gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2006 yildagi PQ-499 sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruktsiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2006 yildagi PQ-511 sonli “Oʻzavtoyoʻl" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2006 yildagi PQ-535 sonli “2007-2010 yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.04.2009 yildagi PQ-1103 sonli “2009-2014 yillarda Oʻzbek milliy magistrallarini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2009 yildagi 277 sonli “Oʻzbek milliy magistrallari boʻylab yoʻl infrastrukturasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.2010 yildagi PQ-1331 sonli “Hududiy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish. Faza 2” loyihasini koʻptranshli moliyalashtirish dasturini Osiy taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2010 yildagi PQ-1446 sonli “2011-2015 yillarda infrastrukturalarni, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6.03.2015 yildagi PQ-2313 sonli “2015-2019 yillarda muhandislik kommunikasiya va yoʻl transport infratuzilmani rivojlantirish va madernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida” gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2017 yildagi PF-4954-sonli “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmoni. Download 18.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling