Respublikada transport yoʻlaklariga boʻlgan talab


Avtomobil yoʻllarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi oʻrni


Download 18.65 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi18.65 Kb.
#1578681
1   2   3
Bog'liq
Respublikada transport yoʻlaklariga boʻlgan talab

Avtomobil yoʻllarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi oʻrni. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 dekabrdagi PF-535 farmoyishida keltirilgan “Oʻzbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini 2007 - 2010 yillarda va uzoq muddatli kelajakda rivojlantirish dasturi”da respublikaning iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta’minlaydigan xalqaro transport yoʻlaklarini barpo qilish, tranzit va viloyatlar oraligʻida ishonchli transport aloqasini ta’minlash, respublikaning tashqi integratsiyalashgan va ichki birikkan yagona transport muhitini shakllantirish, Buyuk Ipak Yoʻlini qayta tiklash va jahon bozoriga chiqish kabi masalalar davlat yoʻl siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilangan. Ushbu vazifalarning amaliy echimi mavjud avtomobil yoʻllari tarmogʻining transport-foydalanish sifatlarini oshirish, yoʻllarning texnik va foydalanuv holatlarini yoʻldan foydalanuvchilar talablariga muvofiqlashtirish, avtomobillar harakat sharoitining qulayligi va xavfsizligini ta’minlash, yoʻllarni saqlash ishlarini samarali tashkil qilishni talab qiladi.

Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi, avvalo, transport kommunikatsiyalarining holatiga bogʻliqdir. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek “Endi biz mustaqil davlat ekanmizmi, avvalambor kommunikatsiyalarni joyiga qoʻyishimiz darkor. Kommunikatsiya tarmoqlari rivojlanmasa, Oʻzbekistonning kelajagi boʻlmaydi”.
Transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va ularning foydalanuv holatini yaxshilash Respublikamiz mustaqilligini mustahkamlashda hamda iqtisodiyotini rivojlantirishda eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Respublika boʻyicha transportda tashilayotgan xalq xoʻjaligi yuklarining 83 foizini avtomobil yoʻllari hissasiga toʻgʻri kelishi, avtomobil yoʻllari respublika iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omillardan biri ekanligini koʻrsatadi (2.1-rasm.)

2.1-rasm. Yuk tashishning transport turlari boʻyicha taqsimlanishi

Respublikaning geografik joylashuvi shuni taqozo etadiki, jahon bozoriga chiqishda va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda asosiy transport yoʻlaklari avtomobil va temir yoʻllar hisoblanadi.


Respublikaning iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta’minlaydigan xalqaro transport yoʻlaklarini barpo qilish, tranzit va viloyatlar oraligʻida ishonchli transport aloqasini ta’minlash, respublikaning tashqi integratsiyalashgan va ichki birikkan yagona transport muhitini shakllantirish, qolaversa, Buyuk Ipak Yoʻl ini qayta tiklash va jahon bozoriga chiqish kabi masalalar davlat yoʻl siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari tarmogʻining zamonaviy holati. Asr boshida Oʻzbekiston hududida 27 ming kilometr ot arava va izvosh yoʻllari mavjud boʻlgan boʻlsa, 1927 yilga kelib Oʻrta Osiyoda davlat yoʻllarining jami uzunligi 5313 km ni, jumladan Oʻzbekiston hududida - 923 kmni tashkil etgan. 1931 yilda Samarqanddagi yoʻl tajriba uchastkasida shagʻalli qoplamaning yangi usuli sinovdan oʻtkazildi. Joylarning oʻzida bitum suyultirib ishlov berilgan usul oʻzini toʻla oqladi. 1932 yilda Buxoroda ham yoʻllar ana shu usul bilan qurila boshlandi. 1932 yilda Oʻzbekistonning janubida (Jarqurgʻon) ogʻir smolaga boy neft’ konining ochilishi bilan uni suyuq bitum oʻrnida qoʻllana boshlanishi Respublikaning bu usulda ishlash uchun mavsumiy davrning imkoniyati kengligi mamlakatda yoʻllarning rivojlanishi uchun keng sharoitni vujudga keltirdi. 1928- 1932 yillarda Oʻzbekistonda birinchi boʻlib uzunligi 62 km boʻlgan qora qoplamali Buxoro-Gʻijduvon-Qiziltepa yoʻli qurildi, ana shu yillarda uzunligi 48 km boʻlgan Samarqand-Panjakent, Piskent-Olmaliq, Toshkent-Piskent-Murotali, Qoʻqon- Shoʻrsuv-Andijon-Kuyganyor va boshqa yoʻllar qurildi. 1937 yilda Respublikada yoʻl shoxobchalari 22 ming, jumladan qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar 2200 km ni tashkil etdi. 1933-37 yillarda qattiq qoplamali yoʻllarning uzunligi umumiy yoʻl tarmoqlaridagi salmogʻi 8% ni tashkil etdi.




sementbeton qoplamali yo'llar qora qoplamali yo'llar

mahalliy ahamiyatdagi yo'llar asfaltbeton qoplamali yo'llar






Download 18.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling