Respublikamiz mustaqillik yillarida ilm fanning rivojlanishi uchun katta ishlar olib borilmoqda


Download 174.96 Kb.
bet1/8
Sana10.03.2023
Hajmi174.96 Kb.
#1256932
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Мавзу


KIRISH
Respublikamiz mustaqillik yillarida ilm fanning rivojlanishi uchun katta ishlar olib borilmoqda.
Bizga ma’lumki Respublikamizdagi so‘ngi yillarda Oliy va O‘rta ta’lim sistemasidagi bo‘lib o‘tayotgan islohatlar avvalo talabalarni o‘qitish tizmini tubdan yangilash, bunda dunyoning yetakchi mamlakatlarida qo‘llanilayotgan tizimlari bilan tanishib zamonoviy o‘qitish usullarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Bizga ma’lumki insonning eng katta boyligi – bu intellektual boylik, ya’ni tafakkur. Chunki bu boylikni xech kim tortib ololmaydi. Xalqi intellektual tafakkurga boy bo‘lgan davlatlar xech qachon inqirozga uchramaydi. Vaqt o‘tishi bilan yer osti va yer usti boyliklari , foydali qazilmalar kamayishi va hatto tugashi mumkin, intelektual boylik esa ta’lim tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganda faqat ortib boradi.
Dunyoning yetakchi davlatlari o‘z taraqqiyotini yangi texnologiyalar yaratish va joriy etish xisobiga shakllantiradi. Shu tufayli ta’lim tizimini yanada takomillashtirish , ilm – fanni rivojlantirish , yuqori intellektual tafakkurga ega yosh mutaxassislar tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi.
Ma’lumki Respublikamizda keyingi yillarda ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida yangi g‘oya va innavatsion texnologiyalar yarmarkalari tashkil etilmoqda. Biroq, korxonalarda biron bir yangilikni keng tadbiq etishdan oldin uni bir necha yil davomida sinab ko‘rilishi, ya’ni ma’lum bir uslubiyatga asoslanib olib boriladigan tajribalarda o‘rganilishi lozim. O‘rganilayotgan texnologiya olib borilgan tajribalarda mavjud texnologiyalardan ustunligi tasdiqlangan xollardagina ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq.
Mazkur ilmiy ijodiy izlanish asoslari fanining asosiy maqsadlari ilm-fan va uning tasnifiy belgilarini, fanning jamiyatda va texnik progressning rivojlanishidagi o‘rni, ilmiy izlanish va uning tasniflanishini, tuzilishini, asosiy uslublarini, muammoning qo‘yilishi va ishchi faraz (gipoteza), qo‘llaniladigan asbob, uskunalar va jixozlar tuzilishi, ishlashi va foydalanish qoidalarini o‘rgatish va ularni amaliyotda qo‘llay bilish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlar darajasi bilan ta’minlashdir.
Bunda o‘qitilayotgan fan bo‘yicha o‘rganishlari uchun talabalar ilmiy izlanishlar asoslarini uning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanishni, yangilik, kashfiyotlarni yaratib ularni amaliyotda tadbiq qilishni bilishlari muximdir.
Fan bizni qurshab turgan dunyo to`g`risida ob’ektiv aniq, bilimlarni ishlab chiqish bo`yicha samarali inson faoliyatining alohida soxasi xisoblanadi. Bu soha mazkur ijodni ta’minlovchi, muntazam rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini, insonlar va muassasalarning ilmiy ijodlarini o`z ichiga oladi.
Fan va texnikaning bir-biriga bog`liq ravishda rivojlanish jarayoni insonga moddiy va ma’naviy boyliklarni olish uchun atrof muhitga ta’sir etishga imkon beradi. Zero bu ta’sir hozirgi vaqtda ham, istiqbolda xam atrof muhitga zarar keltirmasligi lozim.
Ilmiy muvaffaqiyatlar bevosita oliy maktab rivojiga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Fan talabalarning bilimlariga, ularning ijodiy rivojlanishiga, tegishli faoliyat sohasidanoq, muammo yechimlarni topa bilish iqtidoriga yangi o`sib borayotgan talablarni qo`yadi. Mutaxassisdan ham eski, ham avvalo mutlaqo yangi vazifalarni qo`yish va ilmiy asosda hal eta bilishlikni talab qiladi.
Ma’ruzalar matnida ilmiy ijodiy izlanish asoslari, nazariy va eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi asosiy ta’riflari va tushunchalari, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni rasmiylashtirish, ularning iqtisodiy samaradorligi va joriy etilishi hisob-kitoblari xususidagi masalalar ko`rib chiqiladi.



Download 174.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling