1.3.Quduqlaridagi pulsatsiya (bosimni o’zgarib turishi)
Favvora quduqlaridagi pulsatsiyaga (bosimni o’zgarib turish) qarshi quyidagi turdagi qarshi choralar qo’llanilishi mumkin.
nasos-kompressor quvurlar bosim toyinish bosimidan past bo’lgan oraliqgacha tushiriladi;
quvurning halqa oralig’idan davriy ravishda gaz chiqarib turiladi;
NKQ-ning boshmoqiga paker o’rnatiladi, erkin gazni NKQ-ga yo’naltirish mumkin bo’ladi hamda bir vaqtning o’zida suyuqlikni ko’tarilish samaradorligini oshiradi;
boshmoqdan 40-45 metr masofada quvurga kichik teshikli so’nggi (oxirgi) klapan o’rnatiladi, qaysiki suyuqlik uzoqlashtirilgandan keyin klapan ochiladi va 0,10,15 MPa qiymatdagi bosimlar farqi paydo bo’ladi. Natijada gaz oxirgi klapan orqali NKQ-lariga yorib kiradi;
NKQ-ni pastki qismiga boshmoq karnayi o’rnatiladi.
Quduq tubida qatlam suvlarining to’planishi. Favvora usulida quduq ishlatilganda birinchi olinadigan neft suvsiz olinadi. Quduqdan neft olinishi davom etishidan ma’lum bir davr o’tgandan keyin, qatlam suvi quduqqa to’planadi.Bunday holat hozirgi davrda Ko’kdumaloq,, Kuruk, Shimoliy O’rtabuloq, Janubiy Kemachi va boshqa bir qator konlarda yuzaga kelib qiyinchiliklarni tug’dirmoqda. Neftning tarkibidagi suvni kamaytirish va quduqlarni favvora holatda suvsiz ishlash davrini uzaytirish uchun kunlik neft olish debit kamaytiriladi. Neftni debiti kamaytirilgandan keyin quduq ustuni boyicha suyuqlikni ko’tarilish tezligi kamayadi, natijada ma’lum bir hajmdagi neft bilan suv birgalikda yuqoriga ko’tarilmaydi, quduq tubida suvni to’planishi esa kuchayadi. Quduq tubida suvni to’planishini oldini olish va mexanik aralashmalarning yer ustiga chiqishini ta’minlash hamda quduqdan suyuqlikning ko’tarilish tezligini oshirish uchun NKQ-lar quduqning tubigacha tushiriladi.
Ba’zida quduqda to’plangan suvni olib chiqarish uchun ko’chma kompressordan foydalaniladi. Buning uchun quvur halqa oralig’idan kompressor yordamida gaz haydaladi, to’plangan suv quduq tubida NKQ orqali yer ustiga chiqariladi, quduq qaytadan favvoralanadi. Quduq tubida suvning to’planganligi NKQ-dagi va quvurning halqa oralig’idagi bosimning pasayishiga qarab aniqlanadi hamda manometr bilan nazorat qilinadi va aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |