Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov tomonidan o‘z yo‘limizni yangilash va istiqbolning tashqi va ichki konsepsiyasini to‘g‘ri yo‘nalishi ishlab chiqildi
Smola – parafin yotqiziqlarining paydo bo’lishi
Download 0.63 Mb.
|
Kirish
Smola – parafin yotqiziqlarining paydo bo’lishi. Neft o’zining uglevodorodlik tarkibi boyicha har xildir. Ko’pgina neft konlaridagi neftning tarkibida smola – parafin moddalari mavjud bo’ladi, u murakkab yuqori molekulyar uglevodorod aralashmasini tashkil etadi: parafin, smola, asfalten. Parafinlar tarkibiga qattiq uglevodorodlardan C17H36 dan C71H144 -lar kiradi. Parafinning qattiq holatdagi zichligi 865 kg/m3 – dan 940 kg/m3 – gacha bo’ladi. Qatlam sharoitida parafin neftning tarkibida suyultirilgan holda bo’ladi.
Neft va gazni quduq tubidan ustigacha ko’tarilish jarayonida quduqda va yer ustidagi kommunikatsiyalarda harorat va bosim to’xtovsiz o’zgarib turadi. Buning natijasida «neft va gaz-neftda erigan smola – parafin moddalarining»- muvozanati buziladi. Neft ko’tarilish jarayonida tarkibidan gazni ajralib chiqishi evaziga og’irlashadi. Qovushqoqlikligi ko’tariladi, eritish qobiliyati og’ir uglevodorodlarga va zarrachalarga nisbatan pasayadi. Shunday qilib, tarkibida yengil suyuqlik uglevodorodlar kamayadi, katta erituvchanlik xususiyati ham pasayadi. Bir vaqtda neftning harorati NKQ- lari (nasos kompressor quvurida) va ishlatish tizmasi orqali atrofdagi tog’ jinslariga uzatiladi. Neftdan gazning ajralib chiqish natijasida haroratning pasayishida gaz omili juda yuqori bo’ladi. Bu ikkita omil (sovush va gaz ajralib chiqishi) neftning tarkibidan parafin moddalarining ajralib qolib ketishiga sabab bo’ladi. Parafin NKQ-lari devoriga, otma tizimga va hamma neft kon kommunikatsiyalariga o’tirib qoladi. NKQ-ning boshlanishi nuqtasidan to quduq ustigacha parafin yotqiziqlarining o’tirib qolishi davom etadi. Parafinning juda mayda zarrachalari muvozanat holatida saqlanib qoladi va suyuqlik bilan birgalikda yer ustiga ko’tariladi. Parafinning bo’lakchalari neftdan NKQ-ga tushadi hamda neftdan ajralib chiquvchi smola va parafinlarga yopishadi va qattiq uglevodorodlarni yopishuvchan shaklini hosil qiladi, NKQ-ning g’adir-budir devorlariga o’tiradi, uning ko’ndalang kesim yuzasini kichraytiradi, to’liq bekilib qolishigacha olib keladi. Natijada NKQning ichki kesimini kichrayishiga, gazneft oqimining qarshilik kuchini ko’tarilib ketishiga olib keladi. Buning hisobiga neft debiti va bufer bosimi pasayadi. Undan keyin ham chora ko’rilmasi, NKQ-ning to’liq bekilishi sodir bo’ladi va favvoralanish tugaydi. Parafinni neftdan ajralib chiqishi, neftning aniq bir haroratiga mos keladi – bu kristallanish deb ataladi. Neftning tarkibiga va parafin fraktsiyasining tarkibiga bog’liq holda parafinning kristallanish harorati har xil bo’ladi. Parafinning erish harorati 300S . dan 700S. gacha. Qatlamga suv haydalganda qatlamning sovushi natijasida parafinning qisman kristallanishi sodir bo’ladi. Mahsuldor qatlamning filtrlanishi yomonlashadi, neft debiti pasayadi, karbonsuvchanlik koeffitsient past bo’ladi. Parafinning NKQ-lardagi yotqiziqlarning qalinligi quduq tubidan to quduq ustigacha haroratga va neftdan gazning ajralib chiqish darajasiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Parafinning NKQ-ning ichki yuzasida jadal o’tirib qolishiga bir qator sabablar ta’sir qiladi: NKQ-larning ichki sirtidagi g’adir-budurlik o’zaro ta’sirda bo’lib, neftdan gazning ajralib chiqishiga va sovishiga olib keladi; og’ir neftlardagi parafinning erishini pasayishi mos holda parafinning neftga tushish jadalligini oshiradi; gazsuyuqlik aralashmasi oqimining tezligi. Neft va gaz oqimi tezligi qancha past bo’lsa, parafinning tushish jadalligi oshadi; neftdagi smola – parafin birikmasining kontsentratsiyasi. Kontsentratsiya qancha yuqori bo’lsa, parafin NKQ devorlariga ko’p o’tirib qoladi: neft va gaz oqimida mexanik aralashmalarning mavjudligi, parafinning markazda kristallanishi uchun sharoit tug’diradi; neft va gaz oqimida bosim kattaligining pasayishi. Bosimlar farqi qanchalik katta bo’lsa, neftdan jadal gaz ajralib chiqadi, natijada neft oqimining harorati pasayadi. Bundan tashqari, neft gazsizlanganda undan yengil fraktsiyalar ajralib chiqadi. Bu parafin birikmasini yaxshi erishi uchun qulay bo’ladi; neftning tarkibida suvning mavjudligi. Metallning sirti suv bilan yaxshi namlanadi, neft oqimi va NKQ-ning ichki sirti oralig’ida yupqa gidratlarning qatlami paydo bo’ladi, qaysiki unda parafin yotmaydi. Parafinli neft qazib olinadigan favvora quduqlarining normal ishlatishda NKQning sirtidagi parafin yotqiziqlarini o’z vaqtida olib tashlash uchun profilaktik tadbirlarni amalga oshirish kerak. Parafin yotqiziqlarining oldini olish va favvora quduqlarini normal ishlashi uchun har usullar qo’llaniladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling