Республикамизда божхона идоралари фаолиятининг ҳУҚУҚий асослари


Bojxona organlarining mansabdor shaxslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana05.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1428392
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat bojxona organlari faoliyati tashkil topishi

 


Bojxona organlarining mansabdor shaxslari 
Bojxona organining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini 
bajarish vaqtida davlat xokimiyatining vakillari hisoblanadilar va 
ularning bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi 
talablarini barcha yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi shart. Bojxona 
organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘qotar qurolni hamda 
maxsus vositalarni saqlash, olib yurish qo‘llash huquqiga egadirlar. 
O’zbekiston Respublikasi Bojxona kumitasi raisi O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanib, Oliy Majlis tomonidan 
tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisining 
o‘rinbosari va viloyatdagi boshqarma boshliqlari kumita raisi tavsiyasiga 
binoan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kolgan barcha 
mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi 
tomonidan tayinlanadi. 
Maxsus unvonlari 
Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular egallab turgan 
lavozimlariga hamda necha yil ishlaganliklariga qarab quyidagi maxsus 
unvonlvr beriladi. 

kichik boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining starshinasi; 

o‘rta boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining kichik leytenanti
bojxona xizmatining leytenanti, bojxona xizmatining katta leytenanti, 
bojxona xizmatining kapitani; 

katta boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining mayori, bojxona 
xizmatining podpolkovnigi, bojxona xizmatining polkovnigi; 



oliy boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining general-mayori, 
bojxona xizmatining general-leytenanti, bojxona xizmatining general- 
polkovnigi. 
Unvonlarni berish va mahrum etish Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi.
Bojxona organlari mansabdor shaxslarining hayoti va sog‘ligi davlat 
budjeti mablag‘lari hisobidan majburan shaxsiy sug‘urta qilinishi lozim. 
Bojxona organlari xodimlari va ular oila a’zolarining pensiya ta’minoti 
harbiy xizmatni, ichki ishlar organlaridagi xizmatni o‘tagan shaxslar va 
ularning oila a’zolari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tarzda 
amalga oshiriladi. Bojxona organlari mansabdor shaxslariga bojxona 
organlarida xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan 
holda pensiya tayinlash uchun ishlagan yillarini hisoblab chiqarish 
tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bojxona organlari 
mansabdor shaxslari va ular oila a’zolarining pensiya ta’minotini tashkil 
etish Davlat bojxona qo‘mitasining pensiya xizmati zimmasiga 
yuklatiladi. 
Bojxona organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, 
maxsus unvonlar va ishlagan yillari uchun ustamalardan hamda Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan joriy etilgan tartibda belgilanadigan boshqa 
qo‘shimcha haqlardan iboratdir. Ular bepul formali kiyim-bosh bilan 
ta’minlanadilar. O’zbekiston Respublikasi bojxona qo‘mitasi qonun 
hujjatlarda belgilangan tartibda bojxona ishi, kontrabandaga, giyoxvand 
vositalar, psixotrop moddalarning g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi 
kurash masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa 


organlari hamda halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga 
oshiradilar.


Adabiyotlar: 
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T.1992 y. 
2. O’zbekiston Respublikasining Bojxona Kodeksi. «Iqtisodiyot va 
huquq dunyosi». T.: 1998 y 
3. O’zbekiston Respublikasining qonuni «Boj tarifi to‘g‘risida» 1997 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling