Республикамизда божхона идоралари фаолиятининг ҳУҚУҚий асослари
Davlat bojxona idoralari va faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Download 89.46 Kb.
|
XALQARO SAVDO MUNOSABATLARIDA BOJXONA XIZMATI.
3. Davlat bojxona idoralari va faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi (DBQ) davlat boshqamv organi hisoblanadi va o'z vakolatlari doirasida yagona boj siyosati o'tkazilishini, DBQ organlari tizimining samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. U o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchiligi va xalqaro bitimlariga, Prezident farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga amal qiladi. DBQning qonunchilikka muvofiq qabul qilgan qarorlari barcha jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar tomonidan, ularning mulkchilik shaklidan qat'i nazar, bajarilishi majburiydir. O'zbekiston Respublikasi 1997 yil 30 iyulda tasdiqlangan Davlat bojxona qo'mitasi to'g'risidagi nizomga ko'ra, DBQ organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida uning iqtisodiy xavfsizligin ta'minlash; -respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish; - boj qonunlariga rioya etilishini nazorat qilisb; - respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ko'maklashish; - xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish; -O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi bojxona ishiga oid majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash; - boj poshlinalari, soliqlar va boshqa boj to'lovlarini undirish; -respublikaning boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy munosabatlarini boj-tarif tartibga solish vositalarini ishlab chiqish va samarali qo'llash; -O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o'tadigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona tekshiruvini ta'minlash; -respublikaning bojxona chegarasi orqali tovar oboroti o'tishini jadallashtirishga ko'maklashuvchi shart-sharoitlar yaratish; - kontrabandaga, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish, respublikaning bojxona chegarasi orqali giyohvandlik moddalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog', valuta boyliklari, milliy boylik hisoblangan badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, intellektual mulk obyektlari g'ayriqonuniy olib o'tilishining oldini olish; -bojxona statistikasi va maxsus bojxona hisoboti tizimini yuritish, O'zbekiston Respublikasi hukumatini, manfaatdor vazirliklar va idoralarni bojxona ishiga tegishli masalalar bo'yicha axborot bilan ta'minlash; -bojxona ishi sohasidagi faoliyat to'g'risidagi axborotni to'plash va uni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish; - tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish; -kadrlar to'g'ri tanlanishi va joy-joyiga qo'yilishini, DBQ organlari shaxsiy tarkibi xizmat tayyorgarligi va intizomi yuqori darajada bo'lishini ta'rainlash, davlat organiari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtirishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; - bojxona brokerlari, bojxona tashuvchilari faoliyati, bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do'konlari ishi, tovarlarga bojxona hududida va bojxona nazorati ostida qayta ishlov berilishi ustidan nazoratni ta'minlash; -bojxona ishi sohasida ihniy-tadqiqot ishlarini va maslahatlar berishni tashkil etish; -bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, bojxona atrofi infrastrukturasi rivojlanishiga ko'maklashish; -O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va tuzilgan xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan belgilanadigan boshqa vazifalar. DBQ organlari yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar: - yagona bojxona siyosati amalga oshirilishining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqadi, ularning amalda qo'llanilishini ta'minlaydi, bojxona ishi sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari tayyorlanishida qatnashadi; - O 'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ishlab chiqilishida qatnashadi, belgilangan tartibda va o'z vakolatlari doirasida bojxona masalalari bo'yicha xalqaro bitimlar va shartnomalar tiizadi; - respublikaning bojxona hududida davlat xavfsizligini, jamoat tartibi, inson hayoti va salomatligi himoya qilinishi, hayvonlar va o'simliklar muhofaza qilinishi, atrof-muhit muhofazasi bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga ko'maklashadi; -belgilangan tartibda bojxona nazorati amalga oshirilishini ta'minlaydi va uning shakllarini takomillashtiradi; - bojxona qonunchiligiga va o'z vakolatlari doirasida soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlami ishlab chiqadi va qabul qiladi; -bojxona tartibga solish vositalari qo'llanilishini ta'minlaydi, bojxona-tarif mexanizmi ham shu jumlaga kiradi, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish, ularni ishlab chiqish va amalga oshirilishida belgilangan tartibda qatnashadi; -boj poshlinalari, soh'qlar va boshqa to'Iovlar davlat budjetiga o'z vaqtida va to'liq o'tkazilishini ta'minlaydi; - o'z vakolatlari doirasida valuta nazoratini amalga oshiradi; - bojxona statistikasi metodologiyasini takomillashtiradi, bojxona ishi sohasida statistika ma'lumotlari to'planishi, ularga ishlov berilishi va tahlij qilinishini tashkil etadi, respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, tashqi savdo va to'lov balansini mustahkamlash bo'yicha prognoz hisob-kitoblarni amalga oshiradi va takliflarni ishlab chiqadi; Xulosa Bojxona organining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida davlat xokimiyatining vakillari hisoblanadilar va ularning bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi talablarini barcha yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi shart. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘qotar qurolni hamda maxsus vositalarni saqlash, olib yurish qo‘llash huquqiga egadirlar. O’zbekiston Respublikasi Bojxona kumitasi raisi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanib, Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari va viloyatdagi boshqarma boshliqlari kumita raisi tavsiyasiga binoan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kolgan barcha mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tayinlanadi. Maxsus unvonlari Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular egallab turgan lavozimlariga hamda necha yil ishlaganliklariga qarab quyidagi maxsus unvonlvr beriladi. kichik boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining starshinasi; o‘rta boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining kichik leytenanti, bojxona xizmatining leytenanti, bojxona xizmatining katta leytenanti, bojxona xizmatining kapitani; katta boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining mayori, bojxona xizmatining podpolkovnigi, bojxona xizmatining polkovnigi; oliy boshliqlar tarkibi - bojxona xizmatining general-mayori, bojxona xizmatining general-leytenanti, bojxona xizmatining general- polkovnigi. Unvonlarni berish va mahrum etish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining hayoti va sog‘ligi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan majburan shaxsiy sug‘urta qilinishi lozim. Bojxona organlari xodimlari va ular oila a’zolarining pensiya ta’minoti harbiy xizmatni, ichki ishlar organlaridagi xizmatni o‘tagan shaxslar va ularning oila a’zolari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tarzda amalga oshiriladi. Bojxona organlari mansabdor shaxslariga bojxona organlarida xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda pensiya tayinlash uchun ishlagan yillarini hisoblab chiqarish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bojxona organlari mansabdor shaxslari va ular oila a’zolarining pensiya ta’minotini tashkil etish Davlat bojxona qo‘mitasining pensiya xizmati zimmasiga yuklatiladi. Bojxona organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, maxsus unvonlar va ishlagan yillari uchun ustamalardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etilgan tartibda belgilanadigan boshqa qo‘shimcha haqlardan iboratdir. Ular bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar. O’zbekiston Respublikasi bojxona qo‘mitasi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda bojxona ishi, kontrabandaga, giyoxvand vositalar, psixotrop moddalarning g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurash masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradilar. Adabiyotlar: Download 89.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling