Respublikamizda keyingi yillarda puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda


Download 122.58 Kb.
bet7/7
Sana22.04.2023
Hajmi122.58 Kb.
#1379833
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
pul

2.3. Pul multiplikatori

Bank tizimi mamlakatdagi pul massasini o‘zgartirish layoqatiga ega bo‘ladi. Davlat bankining emission faoliyatidan qat’iy nazar pul massasi hajmi tijorat banklari kreditlari hisobiga ko‘payadi. Banklar ssuda berganda pul massasi ko‘payadi, aksincha mijozlar olgan qarzni kamaytirganda pul massasi kamayadi.


Biroq bitta alohida bank pul massasini ko‘paytira olmaydi, barcha banklar birgalikda bunday imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Aytaylik “A” bankning aktivlari 200000 mln so‘m bo‘lsin, bank uning bir qismini ehtiyot tarzda Markaziy bankda saqlashi lozim. U asosiysi majburiyat bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik xatarini kamaytirishga qaratiladi. Uning minimal miqdori Markaziy bank tomonidan majburiy ehtiyot normasi sifatida o‘rnatiladi va pul massasi va shu orqali tartibga solish vazifasini bajaradi. Agar bankning majburiyatlari 200000 mln so‘m bo‘lib, undan 40000 mln so‘mini majburiy ehtiyotlarni tashkil etsa, uning normasi 20% ni tashkil etadi.

Bu normani Markaziy bank davlatning pul-kredit siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Tijorat banklar zarur ehtiyotlardan ortiq mablag‘larini boshqa banklarga qarzga beradi. Agar ehtiyot normasi 20% deb olsak, “A”bank 40000 mln so‘mni majburiy ehtiyot sifatida saqlaydi, 160000 mln so‘mni mijozlarga ssudaga berishi mumkin. Bank kredit berganda, bu summani mijozning joriy hisobiga o‘tkazadi. Ssuda olgan tadbirkor o‘z navbatida sotib olgan tovari uchun chekni xizmat ko‘rsatuvchi “B”bankka o‘tkazadi. Natijada “B”bankda 160000 mln so‘m yangi pul massasi paydo bo‘ldi Misolni jadvalda ifodalasak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
bankning majburiy ehtiyotlari bankning muddatsiz omonatlari “B” bank bu pulning 32000mln so‘mini ehtiyotga o‘tkazib, qolgan 128000mln so‘mini qarzga berishi mumkin. Bu jarayon to‘xtovsiz davom etib natijada butun banklar tizimi tomonidan yaratilgan pul massasi miqdoran to‘xtovsiz ortib boradi.
Banklar tomonidan yangi pul taklifini yaratilish jarayoni ma’lum bir chegaragacha davom etadi. Bizning misolda 200000 mln so‘mning yuzaga kelishi butun bank tizimida depozitlarning bir necha marta ko‘payishiga olib keladi. Bu bank tizimi pul taklifi multiplikatori samarasi yoki bank multiplikatori ko‘rsatkichini anglatadi. “Multiplikator” so‘zi tarjima qilinganda, ko‘paytiruvchi degan ma’noni anglatadi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi.

bu yerda, M – pul multiplikatori; r – Markaziy bank qo‘yilish kerak bo‘lgan talab etilgan ehtiyot (zaxira) normasi; Agar, r=20% bo‘lsa, u holda M=1x100/20=5; ya’ni har bir so‘m depozit pul taklifining 5 so‘mga ko‘payishiga olib keladi. Ehtiyot normasining kamayishi depozitlarning o‘sishiga, uning ortishi pul massasining kamayishiga olib keladi.
Bizning misolda ehtiyot normasi 20% dan 10% ga tushirilsa, multiplikator 10ga teng bo‘ladi, aksincha 25%ga ortsa multiplikator 4ga teng bo‘ladi. Amaliy hayotda bank depozitlari ko‘payishi-multiplikator samarasidan ancha farq qiladi. Sababi bankdan olingan ssudaning hammasi ham bank tizimiga qaytib bormaydi. Ulardan bir qismi muomalada naqd pul tarzida yurishi mumkin. Bularning hammasi banklarning ssuda berish imkoniyatlarini kamaytiradi. Bunda bank ehtiyotlaridan tashqari naqd pulga aylangan mablag‘ chiqib ketadi. U pul multiplikatorini o‘zgartiradi. Agar bank majburiyatlarining naqd pulga aylangan qismini “s” bilan belgilasak, u holda yuqoridagi formula quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:



Agar naqd pulga aylangan miqdor 30%ni tashkil qiladi deb faraz qilsak, u holda pul multiplikatori =1x100:(20+30) =2 ga teng bo‘ladi. Demak, har bir so‘m qo‘shimcha depozitlar oldingiga o‘xshab 5 emas, balki 2 so‘m yangi kredit pulni hosil qiladi. Pul multiplikatoridan foydalanib, umumiy pul massasi miqdori ko‘payishi yoki kamayishini hisoblab chiqish mumkin. Bozor iqtisodiyotida pul emissiyasiga qaraganda ehtiyotlar miqdorini o‘zgartirish bilan pul muomalasini tartibga solish samarali hisoblanadi. Markaziy bankda ehtiyot tarzida ma’lum miqdordagi pulni saqlash majburiyatlari bo‘yicha to‘lovga layoqatsizlik xatarini kamaytiradi, biroq bu banklardan mijozlarning omonatga qo‘ygan pullarini yoppasiga olish uchun harakat qilishlarining oldini ol
532
maydi. Ehtiyotning yetishmasligi esa moliyaviy sarosimalikni keltirib chiqarishi mumkin. Moliyaviy sarosimalik – bu mijozlar omonatiga qo‘ygan pullarni bir vaqtning o‘zida olishga urinishlari, banklarda esa talab qilingan miqdorda pulning yo‘qligi sababli ularning sarosimaga tushib qolishidir. Bu nafaqat banklar, balki ular bilan bog‘liq kompaniyalarning ham bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Biroq Moliyaviy sarosimalik har doim ham yuz beravermaydi. Chunki mijozlar omonatlari, bank depozitlari tegishli tartibda sug‘urtalanadi. Agar bank biron sabab bilan yopilsa, uning mijozlari qisqa muddatda konpensatsiya olishni mo‘ljallashlari mumkin. Sug‘urta fondi mablag‘lari yetmagan taqdirda hukumat zarur pulni emissiya qiladi. Ma’lumki, hamma banklarda aktivlar summasi bankning o‘z kapitalidan bir necha marta yuqori, uning nisbati 15:1 gohida 25:1 gachani tashkil etadi. Undan tashqari aktivlar umumiy summasida muddati uzaytirilgan kreditlar mavjudki, uning bir vaqtda to‘lanishi ro‘y bermaydi. Umuman olganda, bank tizimida moliyaviy xatarlarni sug‘urtalash butun bir tizimi mavjudki, bu moliyaviy sarosimalikning oldini olishni kafolatlaydi.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‘p omilli ko‘rsatkich bo‘lib, bunda uning erishilgan darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotda davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog‘liq. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan markazlashgan boshqarish yo‘li bilan; uchinchidan, iqtisodiyotga davlatning aralashuvini bozor usullari bilan uyg‘unlashtirish orqali erishiladi. Кishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga aralashuvi muammosi paydo bo‘lgan. Tovar ishlab chiqarishining rivojlanishi va pulning paydo bo‘lishi sudxo‘rlik kapitalini vujudga keltirgan. Sudxo‘rlik o‘zining yuqori foizlari bilan tovar ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilib, davlatni qashshoqlashishiga olib kelgan. Bu o‘z navbatida davlatning o‘zini va soliq to‘lovchilarni himoya qilishga majbur etgan. Qadimgi Bobilda qabul qilingan Eshnunn va Xammurapi qonunlari bunga misol bo‘la oladi. Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davrida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan, mustamlaka aholisini itoatda ushlab turish; ikkinchidan, mustamlakalarni boshqa davlatlardan himoya qilish zarurati paydo bo‘lgan.
.


Xulosa
Respublikamizda keyingi yillarda puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda. Jumladan, 2008‒2016-yillardan uning darajasi o‘rtacha 7,0 foizdan ko‘proqni tashkil etgan. Bu avvalo, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir. Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o‘z navbatida import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valuta birjasidagi aylanma miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini kerakli miqdorda, xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga «... milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shartsharoitlarni yaratish» alohida ahamiyatga ega. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Download 122.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling