Respublikamizda keyingi yillarda puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda
Download 63.47 Kb.
|
pull
Reja: I.Kirish 1.1. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va uning vazifalari 1.2. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. II. Asosiy qismi 2.1. Кreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. 2.2. Markaziy bankning pul kredit siyosati. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Respublikamizda keyingi yillarda puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda. Jumladan, 2008‒2016-yillardan uning darajasi o‘rtacha 7,0 foizdan ko‘proqni tashkil etgan. Bu avvalo, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlarimizning natijasidir. Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o‘z navbatida import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valuta birjasidagi aylanma miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini kerakli miqdorda, xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga «... milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shartsharoitlarni yaratish» alohida ahamiyatga ega. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Download 63.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling