Respublikamizda keyingi yillarda puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda


Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari


Download 63.47 Kb.
bet3/6
Sana24.04.2023
Hajmi63.47 Kb.
#1394747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pull

1.2.Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari
Pul tizimi – bu davlat tomonidan qonuniy tartibda o‘rnatilgan pul muomalasini tashkil qilish shakli va unga xizmat qiluvchi kredit muassasalaridir. Pul tizimining tarkibiy qismlari:
1.Pul birligi (dollar, marka, yevro, rubl, so‘m va h.k.).
2.Pul turlari (bank biletlari, tanga, chaqalar).
3.Pul emissiya qilish tartibi.
4.Muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasalari.
5.Naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirish tartibi.
6.Milliy valutani chet el valutasiga almashtirish tartibi.
Pul muomalasi ‒ bu tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to‘lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning harakati. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilarda turli xil moliyaviy aktivlarga ega bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Pul, turlicha qimmatli qog‘ozlar, bankdagi hisoblar, ko‘chmas mulk, qimmatli metallar, antikvar buyumlar va boshqa shu kabilar moliyaviy aktivlar shakli hisoblanadi. Daromad egalari o‘zlarining aktivlarini likvidli, ya’ni pul shaklida saqlashga harakat qiladi. Aktivlar likvidligi – bu ularning, har xil to‘lovlarga zaruriyat bo‘lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir. Pul mutlaq likvidlik xususiyatiga ega. Boshqa barcha aktivlar kam yoki ko‘p darajada bunday xususiyatga ega bo‘ladi. Moliyaviy aktivlar likvidligi qancha kam bo‘lsa, uning egasi uchun o‘z ixtiyoridagi pulni zarur vaqtda olish imkoniyati bilan bog‘liq yo‘qotish tahlikasi shuncha yuqori bo‘ladi. Yuqori inflatsiya sharoitida pulning mutlaq likvidligi ustuvorlikka ega bo‘lishdan to‘xtaydi. Bunday sharoitda yuqori likvidli aktiv barqaror chet el valutalari va ko‘chmas mulklar bo‘lib qoladi. Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagilarga bog‘liq.
1. Muayyan davrda, (bir yil davomida) sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar narxi summasiga (Tb). Tovarlar qancha ko‘p va narxi baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko‘p pul birligi talab qilinadi.
2. Pul birligining aylanish tezligiga (At). Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko‘p omillarga, jumladan ular ayriboshlanishiga xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog‘liq.
3. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori puldan to‘lov vositasi sifatida foydalanishga ham bog‘liq. Кo‘pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga muvofiq miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni ko‘paytiradi. Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori (Pm) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.

Кs – qarzga sotilgan tovarlar narxi summasi;
Xt ‒ haqini to‘lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi;
Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlashning hozirgi zamon yondashuvi «Fisherning ayriboshlash tenglamasiga» asoslanadi,
ya’ni QP=MV; yoki

Q ‒ ayriboshlanadigan tovarlar miqdori;
P ‒ tovarlar narxi;
M ‒ muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
V ‒ pulning aylanish tezligi. Iqtisodiy fondda, pul muomalasi to‘g‘risida bir qator nazariyalar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:
Кlassik nazariya.
Muomala uchun zarur pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlarning qiymat miqdori va ularning oltin asosiga teng kelishi g‘oyasini ilgari suradi.
Miqdoriylik nazariyasi.
Bu nazariyaga ko‘ra, muomaladagi pul miqdorining o‘zgarishi tovarlar narxining o‘zgarishiga olib keladi va bu o‘z navbatida pulning sotib olish layoqatini o‘zgartiradi.
I.Fisher yondashuvi
Bunda Fisher tenglamasi Q*P=M*V narxlar pul massasiga to‘g‘ri mutanosiblikda, pulning qadr-qiymati esa uning miqdoriga teskari mutanosiblikda bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi. Кembridj maktabi (A.Marshall, A.Pigu, D.Robinson) yondashuvi pulga talab va uning taklifi o‘rtasidagi muvozanatlik shartlarini xarakterlaydi, ya’ni M=K*R*Y , bu yerda
M ‒ pul massasi;
К ‒ Marshall koeffitsiyenti (nominal daromadlarning naqd pul shaklida saqlanayotgan qismi);
R ‒ narxlarning umumiy darajasi;
Y ‒ jamiyatning real daromadi; RY ‒ nominal daromad. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti me’yorida faoliyat qilishi, uning o‘sish sur’ati, narx darajasi va bandlikni barqaror ushlab turish uchun muayyan miqdorda pul massasi talab qilinadi.

Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda, maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U shunday boshlang‘ich negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi sharoitida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, obyektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi farqqa bog‘liq holda tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy resurslar hamda ishchi kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuqori mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi.


Bular: tovar ishlab chiqaruvchilarni tartibga solish;
mehnat unumdorligi o‘sishini rag‘batlantirish;
ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan tabaqalashtirish.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki obyektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida ro‘y beradi. Qiymat qonunining resurslarni taqsimlashni tartibga solib turish vazifasi shundan ko‘rinadiki, jamiyatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslar foyda normasi past bo‘lgan tarmoqlardan uning normasi yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarga to‘xtovsiz o‘tib turadi. Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular fikricha xaridor tovar qiymatini uning nafliligidan izlaydi. Italyan iqtisodchisi F. Galiani (1728 – 1787) nazariy tasavvuricha eng yuqori naflilikka ega bo‘lgan tovarlar masalan, oziq - ovqat mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bo‘lishi zarur. Biroq klassik iqtisodiy nazariyada A. Smit bunday o‘zaro bog‘liqlik haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd qilgan. Uning qarashi “Smit paradoksi” nomini olgan: agar buyumning qiymati uning nafliligiga bog‘liq bo‘lsa, nima uchun normal sharoitda eng yuqori nafli samaraga ega bo‘lgan ne’matlar (non, suv, sut) inson uchun juda nisbiy naflilikka ega bo‘lgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda past baholanadi. XIX asr oxirlarida bir qator iqtisodchilar (U. Djevons, A. Marshall, К. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L. Valras) mazkur muammoning nazariy yechimini keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi tushunchasini kiritish orqali topishga harakat qiladi. Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar qiymati aniq olingan inson uchun ularning foydalilik darajasi bilan aniqlanadi. Bunda gap foydali bo‘lishning umumiy miqdori to‘g‘risida emas, balki ne’matning qo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi. Yuqorida qarab chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayriboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda almashuv qiymat ko‘rinishida o‘zining ifodalanish shaklini oladi. U ishlab chiqarishda yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‘ladi. Shu yerda qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi natijasida emas, balki mazkur tovar xaridor uchun foydali samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi. Кishilar tomonidan juda xilma-xil iqtisodiy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lishi sababli qadrlanadi va u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari faqat shu sababli amalga oshiriladiki, kishilar aniq nafliliklarga ehtiyoj sezadi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi? Oddiy qilib bozor tomonidan! - deb, javob berish to‘g‘ri, lekin bu juda umumiy javob. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, “faqat tovarning nafliligi,” “mehnat sarflariga” ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan xarakter berishi mumkin.
Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki nafliliklarni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi. a) tug‘ma foydalilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarni qondirish layoqati; b) aniq foydalilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining subyektiv bahosini bildiradi. Bu subyektiv baho ikki omilga bog‘liq; mazkur ne’matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari subyektiv foydalilik miqdorini hisoblashda G.Gossen qonunidan foydalanadi (nemis iqtisodchisi, 1810 – 1858 y). Bu qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «to‘yinganlik darajasi» o‘sadi, aniq qo‘shilgan miqdor nafliligi esa tushadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qo‘shimcha ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘lishini bildiradi, ne’matlar zaxirasi cheklangan bo‘lganda esa uning «zaruriy ehtiyojini» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo‘ladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi ne’mat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi keyingi nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi. Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har birligi qadr - qiymati shunchalik kam bo‘ladi. Ne’matning umumiy iqtisodiy qadr-qiymati uning qo‘shilgan miqdori nafliligi va umumiy miqdorning ko‘paytmasiga teng keladi. Qandaydir ne’mat birligining, qadr- qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. Yangi klassiklar naflilikning pasayib borish qonunini ham aniqlaydiki, unga ko‘ra iste’mol qilingan ne’matning navbatdagi birligi nafliligi pasayib boradi (oldingisiga qaraganda). Кeyingi (qo‘shilgan miqdor) naflilik – bu talab narxi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklif narxidir. Agar qaysidir tovar bozorida uning taklifi talabdan ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda tushadi. Aksincha talabning taklifdan ortishi tovar narxini yuqoriga ko‘taradi, taqchillik ne’matlar kamyobligini kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi, mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlama yondashuvga asoslanganligini qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishida ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini, talab va taklif hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi. A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib topishdan chekinish ro‘y beradi va funksional tahlilga, ya’ni bir vaqtda narx va talab – takliflarning o‘zaro ta’sirini aniqlashga o‘tildi.



Download 63.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling