Respublikamizda oqava suvlarni tozalash inshootlaridagi jarayonlarni
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Oqava suvlarni tozalashni avtomatlashtirish va avtomatik rostlash
KIRISH Respublikamizda oqava suvlarni tozalash inshootlaridagi jarayonlarni boshqarish tizimlarini sintezlash va qurish usullaridan foydalanib, texnologik parametrlarni tezkor nazorat qilish va boshqarish imkoniyatlarini yaratish orqali ishlab chiqarish oqava suvlarini tozalash va ulardan foydalanish tizimlaridagi texnologik muhitlarning parametrlarini nazorat qilishning yuqori samarali tizimlarini yaratishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. 2017–2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida, jumladan, «... iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, ... maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash» vazifalari belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda, jumladan ishlab chiqarish oqava suvlarini tozalash va ulardan foydalanish tizimlaridagi texnologik muhitlarning miqdoriy va sifat parametrlarini nazorat qilish va boshqarishning ilmiy asoslarini, oqava suvlarni tozalash jarayonining matematik modelini, hamda parametrlarini nazorat qilish asboblarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. [1] So„nggi yillarda tozalash inshootlari nazorat qilish va boshqarish tizimlarini sintezlash va yaratish usullari, optimallashtirish masalalaridan amaliy foydalanish texnologik parametrlarni tezkor o„lchash imkoniyatlarini beruvchi birlamchi o„zgartkichlar, analizatorlar, dasturiy vositalar, zamonaviy mikroprotsessorli texnikalarni yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqish bo„yicha tadqiqotlarga oid ilmiy-texnik adabiyotlarning tahlili bu sohada jiddiy nazariy va amaliy natijalarga erishilganligini ko„rsatadi. Bularning barchasi fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari, jumladan, sun‟iy intellekt nazariyasi va nazoratni algoritmlashning usullari va vositalaridan foydalanib, murakkab texnologik tizimlarning parametrlarini nazorat qilish uchun o„lchashning yangi tamoyillariga asoslangan yangi asboblarni yaratish bo„yicha keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling