Respublikamizdagi


Yo’l loyihalanadigan joyning iqlimi


Download 0.76 Mb.
bet2/10
Sana12.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1192271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kirish

Yo’l loyihalanadigan joyning iqlimi
Menga berilgan variantga ko’ra yo’l loyihalanadigan hudud bu Namangan viloyati Kosonsoy tumanidir. Kosonsoy tumani - Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashqil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Chust tumani bilan birlashtirilgan. 1973 yil 28 dekabrda yana qaytadan tuzilgan. Kosonsoy tumani viloyatning shimoliy qismida, Qoratogʻ etaqlarida, oʻrtacha 790 m balandlikda joylashgan. Janubidan Namangan shahri, sharqdan viloyatning Yangiqoʻrgʻon, janubi-gʻarbdan Chust tumanlari, shimoliy va gʻarbdan Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming km². Aholisi 141,5 ming kishi (2002). Tumanda 1 shahar (Kosonsoy), 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Yoshlik, Koson, Tergachi, Chinovul, Shirin, Qorasuv, Koʻkumboy) bor. Markazi — Kosonsoy shahri. Tabiati. Tuman hududi togʻli rayonlar zonasiga kiradi. Kosonsoy va uning irmoqlari oqib oʻtgan Qoratogʻ, Mugʻ, Koʻkumboy qirlari, Dam, Isporan, Yoyiq, Qisiq, Qorankoʻl, Sarson va Yertikan, Boyoston adirlari bor. Tuman qududining qariyb 1/3 qismi adir. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 12°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 0, minimal temperatura — 14°, maksimal temperatura 39—40o. Vegetatsiya davri 219 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin 315 mm. Tuman iqlimining shakllanishida shimolidan keladigan Arktika havo oqimi, Markaziy Osiyo hududida hosil boʻladigan moʻʼtadil quruq havo va janubidan harakatlanuvchi tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Tuman xududidan Kosonsoyning qariyb 40 km qismi hamda Chust (16 km), Tyoshiktosh (41 km), Koʻkumboy (12 km) kanallari oʻtgan. Ulardan sugʻorishda foydalaniladi. Kosonsoy (Urtatoʻqay), Qorasuv, Yertikan suv omborlari qurilgan. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq, shimoliy qismida qisman qoʻngʻir va togʻ oldi tuproqlari. Daryo vodiylarida jiyda, tol, terak, turangʻil, yulgʻun, oqtikan, maymunjon va boshqa oʻsadi. Togʻlarda doʻlana, sirach, pista, yongʻoq, naʼmatak, archa, lola, gulbarra, ravoch, qir va adirlarda shuvoq, shoʻra, yantoq, qoʻytikan, tekislik joylarda kurmak, qamish, ajriq, ariq boʻylarida esa yalpiz uchraydi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling