Respublikamizdagi


Download 0.76 Mb.
bet5/10
Sana12.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1192271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kirish

Uchish tasmalari (UT) ning (standart sharoitlarda), chekka va yon xavfsizlik tasmalari, aerodrom oldi hududlarning o‘lchamlari fuqaro aerodromining ekspluatatsiyaga yaroqlilik me'yorlari asosida belgilanadi. Odatda, aeroport klassi nufuziga ko‘ra aerodrom klassi bilan bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan, I klass aeroporti A klass aerodromiga, II klass aeroporti B klass aerodromga ega bo‘lishi lozim. Ayrim hollarda, ijtimoiy-iqtisodiy yoki davlat ahamiyatidagi zaruriyatga ko‘ra, bunday moslik bo‘lmasligi mumkin.
Ekspluatatsiya vazifasiga ko‘ra aerodromlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Trassa aerodromlari (aeroportlarning aerodromlari) - havo trassalari yoqasida joylashgan aerodromlar bo‘lib passajirlar, yuklar va pochtani tashiydigan transport hK ni ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan;
Xalq xo‘jaligida ishlatiladigan aerodromlar – xalq xo‘jaligining turli sohalarida aviatsiya ishlarini bajarishda ishlatiladi: qishloq xo‘jaligi (dalalarga kimyoviy ishlov berish, aviatsiya bilan urug‘lik sepish), o‘rmon xo‘jaligi (yong‘inni aniqlash maqsadida qo‘riqlash, o‘t o‘chirish), aerofotos'yomka, ekspeditsiyalarga xizmat (geologiya-qidiruv) baliqchilik va hayvon ovlash), qurilish ( baland inshootlardagi konstruktsiyalarni montaj qilish) aholiga tibbiy va sanitariya xizmatlarini ko‘rsatish va h.k.:
Zavod aerodromlari - aviazavodlar va aviata'mirlash korxonalaridan chiqariladigan hK larini sinov uchirishlariga xizmat qiladi;
o‘quv aerodromlari – hK ning o‘quv uchishlari uchun xizmat qiladi.
Aerodromlarni sutka davomida ekspluatatsiya qilish vaqtiga qarab, tunu-kun va kunduzi xizmat qiladigan turlari bo‘ladi.
Joylashuviga va foydalanishiga qarab aerodromlarni quyidagi turlari bor:
Bazaviy – hK larini bazalash va buning uchun zaruriy inshootlarga ega; uchish va tayinlash, oraliq va zahira aerodromi bo‘lishi mumkin; hK lari uchish va tayinlash aerodomlaridan berilgan yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlaydilar yoki tugatadilar, ortish yoki tushirish ishlarini bajaradilar, uchishdan oldingi yoki keyingi texnik xizmatdan o‘tadilar;
Oraliq berilgan yo‘nalish bo‘yicha uchayotgan hK si qisqa muddatli to‘xtashi (jadvalga muvofiq) uchun; zahira uchishlar rejasida ko‘rsatilgan va agar manzil aerodromda qo‘nish mumkin bo‘lmasa, uchish oldidan yoki uchish davomida tanlash uchun.
Dengiz sathidan balandligiga va relef tavsifiga qarab “tog‘lik”, ya'ni past-baland relefli, nazorat nuqtasidan 25 km radiusda 500 m va undan ortiq nisbiy balandlikka ega joydagi aerodrom bo‘ladi; dengiz sathidan 1000 m va undan baland joylashgan va nisbatan tekis erlarda joylashgan “tekis” aerodromlar ham bo‘ladi.
Aeroport ishining texnologik jarayoni bir-biri bilan boqliq uch yo‘nalishni qamrab oladi: passajirlar va bagajlarni tashish; yuklar va pochtani tashish; hK lariga texnik xizmat ko‘rsatish. Bunda moddiy-texnika ta'minoti muhim o‘rin tutadi.
Aeroportdagi texnologik jarayonlarni o‘rganayotganda HK ning harakati qanday tashkil qilinganiga e'tibor berish zarur: havo kemalari uchish-qo‘nishni UQT ning ikkala uchidan boshlashi mumkin. Bu, HK larining halqa sxema bo‘yicha harakat yo‘nalishini belgilab beradi, o‘z navbatida, aeroport elementlarining umumiy rejasiga, texnologik binolar va inshootlarni joylashtirishga ta'sir etadi.
Aeroportlarda HK lari harakatining texnologik sxemasi (1.1– rasm), turli transport va mexanizatsiya vositalarining harakati, passajirlar va yuklar oqimi quyidagi talablarni kafolatlashi lozim: passajirlar va aeroport xodimlarining hudud bo‘ylab harakat xavfsizligini: passajirlar, yuklar, pochta va hK larining aeroportda eng qisqa vaqt bo‘lishi; hK lari maxsus avtotransport va mexanizatsiya vositalarining bir-biri bilan eng kam miqdorda to‘qnash kelishi va aerodrom kesib o‘tishi; passajirlarning piyoda yurish yoki ularni bortga oziq-ovqat, bagaj, pochta va yuklar tashib berish Aerodromining eng qisqa bo‘lishi.
Zamonaviy aeroportlardagi barcha texnologik jarayonlar mexanizatsiya va avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda bajariladi. Ularning samaradorligi aeroport transport ishining muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.

1.1-rasm. Aeroportlarda havo kemalari harakatining texnologik sxemasi (qo‘nish kursi Sh– F):
1 –qo‘nish; 2-21-3 perronga rullash Aerodromi; 3-4 –perrondan yuk omboriga rullash Aerodromi; 4- 5-51 yuk ombordan TJ ga rullash Aerodromi; 6 -aerovokzal; 7 –yuk ombori,
8 -havo kemalar Aerodromi; 9 -tranzit HK aerodromi.
Aerodromlar qurilishining o‘ziga xos asosiy xususiyati ishlarning nisbatan uncha katta bo‘lmagan maydonda mujassamlanganligidadir. Bu hol qurilish bosh rejasining mukammal ishlab chiqilishini va avtomobillar keladigan yo‘llar aniq tashkil etilishini talab qiladi. Aerodrom qurilish obhekti sifatida ko‘p majmuali bo‘lib, u yerda ko‘plab ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari ishlaydi. Qurilish maydonlarining va aerodrom qurish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, aerodrom qurish ishlarining umumiy tavsifi aeroportlar-aerodromlar sinfiga ko‘ra ancha farq qiladi. Masalan, yer qazish va tekislash ishlari V-D sinfi uchun 60 ming m3 dan 1-A sinfi uchun 600 ming m3 gacha o‘zgaradi, yahni 10 baravar ko‘p; sunhiy qoplamalar maydoni, yuqorida keltirilgan sinflar uchun mos ravishda 53 dan 760 m2 gacha, yahni deyarli 14 baravar o‘zgaradi. Katta va kichik chuqurlar hamda ko‘tarmalar uchish maydonida notekis joylashadi va ularning o‘zaro joylashuvi bir-biriga yaqin yoki tarqoq holda bo‘ladi. Aerodromlar loyihalari bo‘yicha yerning tik yo‘nalishda tekislash va tuproqni surish ishlarini statistik ishlash natijalari shuni ko‘rsatadiki, maydoni 0,1 - 4,0 ga bo‘lgan yaxlit joylar 85% ni, yer qazish ishlarining umumiy hajmi esa ko‘pi bilan 50% ni tashkil etar ekan. Yer qazish ishlarining qolgan 50% maydoni 4 ga dan katta bo‘lgan yaxlit joylarning 15% foiziga to‘g‘ri keladi. Bitta aerodrom qurilishida quyidagi asosiy ishlar bajarilishi lozim:
- o‘simlik o‘sadigan 50-150 ming m3 Hajmdagi tuproqni kovlab olish, 75-100 metr masofaga surib borish va bir yerga vaqtincha to‘plab qo‘yish, yer qazish ishlari bajarib bo‘lingandan so‘ng, uni mustaHkam chim qoplamalar talab etiladigan joyga yoyish;
Erni kovlab 60-600 ming m3 (ayrim Hollarda esa 1-2 mln. m3 gacha) Hajmli chuqurlar (rezervlar) Hosil qilish, kovlangan tuproqni 200-1500 metr masofaga surib borib, bir yerga to‘plash, o‘yilgan tuproqni qatlam-qatlam joylashtirish va talab etilgan zichlikka erishguncha zichlash;
Tuproq uyumi va chuqurning sirtini, shuningdek uchish maydonini tekislash va chim qoplama hosil qilish maqsadida agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
Xandaqlar kavlash va agar zarur bo‘lsa, ularning devorlarini mustahkamlash, zax qochirish quvurlarini yotqizish va xandaqlarni yana tuproq bilan to‘ldirib, zichlash, zovur zax qochirish tarmog‘i, quduqlar, ariqlar hamda qurilish inshootlari qurish.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling