Aerodromlarni loyihalashtirishning qonun-qoidalari va asosiy loyihalashtirilgan tasmalar Reja


Download 1.04 Mb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1482029
  1   2   3   4
Bog'liq
Aerodromlarni loyihalashtirishning qonun-qoidalari va asosiy loy


Aerodromlarni loyihalashtirishning qonun-qoidalari va asosiy loyihalashtirilgan tasmalar


Reja:
1.Aeroport va aerodromlarni loyihalashdagi asosiy vazifalar.
2.Aeroport va aerodromlarni tasniflash.
3.Aeroportning bosh rejasini loyihalashtirish.
4. Perron, aerovokzal, aeroportning parvoz qilish-qo‘nish tasmasini o‘tkazish qobiliyati.
1.1.Aeroport va aerodromlarni loyihalashdagi asosiy vazifalar.
Havo aloqalari – havo kema (HK) larining havo hududida uchishi- havo trassalari, mahalliy havo yo‘llari va tayinlangan yo‘nalishlarda bajariladi.
Havo trassasi er yuzasi ustidan, maxsus yo‘lak ko‘rinishida o‘tadi. Havo trassasi, mahalliy havo yo‘llari va yo‘nalishlarining eni, yo‘nalishi, hamda uchishlar balandligi, uchish xavfsizligi talablari va tegishli tashkilotlarning manfaatlari asosida belgilanadi.
Havo trassalari va mahalliy havo yo‘llari havo kemalarining xavfsiz uchishlarini ta’minlaydigan radionavigatsiya va boshqa vositalar bilan jihozlanadi. Ularda aviatsiya iqlimiy bayonlar bo‘lib, uchish uchun zarur bo‘lgan fizik-geografik va iqlimga oid ma’lumotlar beriladi.
Havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun passajirlarni yuklar va pochtalarni tashish uchun, hamda boshqa maqsadlarda, aeroport va aerodromlar quriladi.
Aeroport – inshootlar majmuasi bo‘lib, aerodrom, aerovokzal va er usti inshootlari va maxsus uskunalardan tashkil topgan bo‘lib, havo kemalarini jo‘natadi, qabul qiladi va ularga xizmat ko‘rsatadi. Aeroportda boshqarishning avtomatik sistemasi, statsionar va ko‘chma mexanizatsiya vositalari, muhandislik va aloqa kommunikatsiyalari, passajirlar tashishga xizmat qiladigan texnologik uskunalar bo‘ladi.
Aerodrom – aeroportlarning asosiy qismi bo‘lib, er (gidroaerodrom uchun suv uchastkasidan) uchastkasidan iborat bo‘lib, u havo kemalarining uchishi, qo‘nishi, rullanishi va ularga xizmat ko‘rsatilishiga mo‘ljallangan maxsus uskunalar bilan jihozlanadi. Aerodrom chegaralari atrofida, aerovokzalga yondoshadigan perronda, passajirlarni havo kemasiga o‘tkazish, undan tushirish ishlari, passajirlarni aerovokzaldan havo kemasiga tashish yoki piyoda o‘tkazish, yuklar, bagaj va pochtani ortish-tushirish ishlari bajariladi. Aerodromga aerodrom oldi joyi yondoshgan bo‘lib, uning tepasidagi havo bo‘shlig‘ida havo kemalari manevr xarakatlarini bajaradi. Aerodrom ustidagi havo hududi va unga yondoshgan joyning reja va balandlik bo‘yicha belgilangan chegaralariga “aerodrom rayoni” deyiladi.
Xizmat ko‘rsatish-texnikaviy hududi (XTH) – aeroportning aerodromga yondoshgan qismi bo‘lib, u erda ma’muriy-jamoaviy, ishlab chiqarishga oid va yordamchi bino va inshootlari joylashadi.
Aeroport hududida vertolyotlar uchun ko‘tarilish va qo‘nish maydonlari qurilib jihozlanishi mumkin, bunda qo‘nish uchun band bo‘lmagan tasmalar ajratiladi va yon tomondan to‘siqlar qo‘yiladi. Vertolyotlar bilan passajirlar va yuklar tashish uchun vertolyot maydonchasi yoniga maxsus bino quriladi yoki aeroport binosidan maxsus joylar ajratiladi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling