Республиканская дистанционная научно-практическая конференция
Yangi holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi
Download 203.55 Kb. Pdf ko'rish
|
tezis universitet konferensiya YANGI OCHILGAN
Yangi holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi:
1) JPK 522-moddasining 1–3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda – soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlikda yoki ish bo‘yicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda ko‘rishda jinoiy suiiste’mol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun; 2) JPK 522-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda – yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash to‘g‘risida prokuror qaror chiqargan kun. Yangi ochilgan holatlar yuzasidan tergov o‘tkazish qonun bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladigan holatlarni aniqlash bilan cheklanadi. Bunda JPKda nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda so‘roq qilish, ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish va boshqa zarur tergov harakatlari o‘tkazish mumkin.[1] Ish yuritishni qaytadan boshlashga asoslar mavjud bo‘lganda prokuror ishni sudga yuboradi. JPK 522-moddasining 1–3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ish sudga prokurorning protesti hamda qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi bilan, o‘sha moddaning 4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, tergov materiallari bilan birgalikda yuboriladi. Ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar bo‘lmasa, prokuror o‘z qarori bilan ishni tergov qilishni tugatadi. Bu haqda manfaatdor shaxslarga xabar beriladi va ularga qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.[2] Shunday qilib, yangi ochilgan holatlarni tekshirish prokurorning qattiq nazoratidadir. Aksincha bo‘lishi ham mumkin emas, chunki amaliyotda yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash ko‘p uchramaydi. Bu ish yuritishni qaytadan boshlash asoslarini puxta tekshirish va bunday asoslar qay tariqa tekshirilayotganini nazorat qilishni talab etadi. Shu o‘rinda Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston davlatlarida yangi ochilgan holatlar uchun belgilangan muddatlarni ko‘rib o‘tamiz. Download 203.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling