Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini


Download 46.72 Kb.
bet1/2
Sana15.12.2022
Hajmi46.72 Kb.
#1007647
  1   2
Bog'liq
Foziljonov






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI

Kompyuter Injiniringi” fakulteti Axborot xavfsizligi yo’nlashi 640-20 guruh talabasi Foziljonov Rahmonjonning



11-15 TOPSHIRIQLARI

Savollar:

  1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy omillar qanday?

  2. Qanday genotipik omillar shaxs taraqqiyotiga ta’sir etadi?

  3. Liderlik va Superliderlik haqida nimalarni bilasiz?

  4. Rahbar bo`lishning o`ziga xos shartlari va sifatlari nimalar?

  5. Axborot sivilizatsiyasiga qachon kirib kelgan?

  6. Hozirgi zamonaviy axborot tizimi qanday?

  7. Oilaning rekreativ funksiyasi deganda nimani tushunasiz?

  8. Felistologika nima?

  9. Pedagogik muloqotning tarbiyaviy didaktik ahamiyati nimadan iborat?

  10. Professional tinglash texnikasiga nimalar kiradi?


Javoblar:
1. Shaxs individual taraqqiyotining muxim omillaridan biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlaridir. Chunki xar bir yosh o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklariga va o’zgarishlariga e’ga bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iktidorli, bilim jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining xam sifat, xam mikdor o’zgarishlariga e’ga bo’lgan ko’rsatkichlar bor. Xar bir bosqichda shaxsning fazosiga e’rishadi. Masalan: olamni sensar jixatdan bilish etuklik fazosi 18-25 yosh, inteletual ijobiy etuklik-35 yoshlarda, shaxsning etukligi 50-60 yoshlarda e’ng yukori nuktasiga e’rishadi. Ammo jismoniy etuklik qayta boshlaydi. Yosh tarakkiyot davrining yana bir o’ziga xosligi shundaki, xar bir yoshda biror funktsiyalarning rivojlanishi boshqa bir funktsiyalarning susayishi xisobiga ro’y beradi.


2. Psixologiyaning maxsus tarmogi xisoblanmish yosh davrlari psixologiyasining e’ng asosiy muammolaridan biri shuki, inson psixik tarkkiyotida xar qanday omillar-genetik- tugma va orttirilgan-ijtimoiy omillar roli etakchi e’kanligi masalasidir.
Bu muammolar utsida bosh kotirgan olimlar (L. Vjgotskiy, J. Piaje, S.Rubinshteyn, A.Leontev va b.) ikkala omil rolini xam inkor qilmagan xolda ijtimoiy muxitning etakchi ta’siri to’g’ri sidagi fikrni baravar yoklaganlar. Negaki inson dunyoga kelgandan so’ng uni o’rab olgan muxitning roli katta (maxala, oila, maktab, kasbi va x.). shu boyisdan xam mutsaqillikning birinchi yillaridanok «soglom avlod uchun» shiorining utsiga tashlanishi, anashu bolalar tarbiyasiga ta’sir e’tuvchi ijtimoiy ta’sirni ularni yanada soglomlashtirish borasidagi davlatimiz Prezidenti boshlab bergan datslabki kadam e’di.


3. Amerikalik tadqiqotchi Linda Djuell o’zining «Industrialno-organizasionnaya psixologiya» (2001 yil) kitobida ijtimoiy psixologik xodisalardan muhimi bo’lmish liderlik masalasiga o’zining o’ziga xos yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko’rsatish uchun ochiq maydonlar yo’q bo’lgan sharoitda liderlik xislatlarining namoyon bo’lish xususiyatlarini ochishga urinadi. Uning fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng avvalo xodimlar rolini oshirib, liderlarnikini aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog’i, kamaytirish hisobiga ro’y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha bo’g’inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya’ni amerikaliklar rahbarni lider fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, vazifasi – guruhning samarali faoliyat ko’rsatish yo’llarini belgilab berishdir.
Bu kitobda ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli bo’lgan tushunchadan biri bu – «superlider» tushunchasidir. Superlider kim va qachon oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mans va Simslarning fikricha, eng yaxshi lider – bu «superliderdir». Bu shunday shaxski, u o’z xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o’zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Bundagi asosiy g’oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o’zi uchun lider bo’la olsa, o’zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga yetkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-saot yetib keladiki, jamoa o’zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo’lmagan mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir.
Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda kechadi:
1– o’zi uchun lider bo’lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o’zini o’zi kuzatish, o’zini o’zi rag’batlantirish, hayoliy repitisiyalar va kognitiv tahlillar orqali o’zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o’zida boshqalarga o’rnak bo’luvchi sifatlar borligini anglash;
2 – yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o’zgalarga namoyish etib, uning afzalliklariga ishontira olish;
3 – xodimlariga o’zlarida tashabbus va o’ziga ishonchni namoyon etish uchun sharoit yaratish;
4 – mustaqil qobilyat egalari bo’lgan xodimlarni rag’batlantirish, kerak bo’lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish;
5 – o’z-o’zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va ishlarga xadeb aralashaverishdan o’zini tiyish.
Demak, samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta’sirni amalga oshirishning eng namoyishkorona ko’rinishidir. Shu ma’noda, liderlik – avval shaxsning o’ziga, so’ngra o’zgalarga bera oladigan ta’sirida ko’rinadigan fazilatlar majmuidir, deb ta’riflanadi.


4. Avvalo, har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning ma’lum normasi bo‘lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o‘rtadan yuqori bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo‘lgan rahbar bilan ishlash hodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to‘siq bo‘lishini amaliyot va hayot ko‘rsatdi. Rahbardagi o‘rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. Rahbarda mustaqillik bo‘lsa, unda o‘ziga ishonch ham bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida rahbardagi sub’yektiv talablar darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir. Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo‘lgan hislatlardan yana biri tom ma’noda ziyoli" bo‘lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo‘lishdir. Boshliq o‘zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan bo‘ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog‘i lozim. Muomala madaniyati — bu o‘rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to‘g‘ri yo‘sinda gapira olmaslik yotadi. O‘zganing o‘rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo‘lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.


5. Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og‘zaki aloqa qilgan bo‘lsa, undan besh ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o‘rgandi. Undan besh yuz yil o‘tib telefon, radio va televediniyega ega bo‘ldi. An’anaviy yeshituv - ko‘ruv vositalaridan kompyuterlarga o‘tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo‘ldi, xolos.
6. O‘zbekiston yagona axborot tizimining faol sub’yektiga aylandi. Uning dunyo bilan aloqasi, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida samara bermoqda. Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas. Jumladan, jahon axborot tizimidan foydalanish darajasining pastligi 5% internet tizimining keng rivojlanmaganligi, undan foydalanish darajasining pastligi ko‘zga tashlanmoqda. Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda. Chunki bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiqaradi. Sifati, mazasi, rangi, ta’mi yoki foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida.
7. Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo’lgan xususiyatlardan biri, oila a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma’naviy va jismoniy yordam ko’rsatish kabilardan iborat bo’lib kelgan. Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini- tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi- o’zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish funksiyalaridan biri hisoblanadi.Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejamli ro’zg’or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo’lishiga bog’liq. Shuningdek, oilada o’sayotgan farzand ham mana shu malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib borishi zarurligini unutmagan holda o’g’il-qizga iqtisodiy masalalarni hal etishni o’rgata borish lozim. Keyingi yillarda ro’zg’orda yuzaga kelayotgan iqtisodiy muommalar oiladagi shaxslararo munosabatlarga salbiy ta’sir etishi bilan saviyasining pasayishiga ham olib kelmoqda. Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida moddiy qiyinchiliklar tufayli hosil bo’ladigan muammolarni bartaraf etishda odamlarga psixologik yordam ko’rsatish lozim. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreativ funksiyasini ko’p hollarda davlat va ijtimoiy tashkilotlar o’z zimmasiga olmoqda. Jamiyat a’zolarining xavfsizligini ta’minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam ko’rsatish odamlar dam olishlari va o’z sog’liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va sanatoriylarning ochilishi shular jumlasidandir.
8. Felistologika - (italyancha «felicite” - baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada, er- xotinning bir-birini to‘liq tushunishi-ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlarni (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi.
9. AN.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahamiyatini baholar ekan, quyidagi fikrlami bildiradi: faol pedagogik muloqot - o'qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarni bilish va o'rganish kaliti va o'quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o‘quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo'lgan emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to'siqlaming paydo bo'lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlami to'g'ri
yoiga solib boshqarishni ta’minlaydigan va o‘quv tarbiyaviy jarayond; o'qituvchining o'z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchur imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.

Download 46.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling