Республикаси олий ва ўрта махсус таълим
Sh.Ramazonov –TMI magistranti
Download 66.97 Kb. Pdf ko'rish
|
tezis 1
Sh.Ramazonov –TMI magistranti
Ilmiy rahbar: I.Kenjayev–TMI dotsenti, PhD MILLIY IQTISODIYOTGA TO’G’RIDAN TO’G’RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING MUHIM AHAMIYATI O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan,vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan Respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish ko‘plab sohalar, tarmoqlar va hududlarga yangi texnologiyalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishiga xizmat qilishi ma’lum. Chunki investitsiya har qanday mamlakatning iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, uning taraqqiyotini ta’minlovchi muhim kapitaldir.Mamlakatimizda 2017 yildan boshlab barcha manbalar hisobidan 716 trillion so‘m yoki oldingi davrga nisbatan 2 baravardan ziyod investitsiyalar o‘zlashtirilgani yangi O’zbekistonda iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirish, dolzarb loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida faol investitsiyaviy siyosat olib borilayotganidan dalolat beradi. “O’ZBEKISTONDA MILLIY STATISTIKA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI” 481 Download 66.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling