Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Download 2.19 Mb.
bet86/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

Mazhabsizlik va uning oqibatlari. Bugungi kunda turli guruhlar tarafidan mazhablarni inkor qilish holatlari uchrab turibdi. Ular mazhabsizlik g‘oyasini ilgari surib, asosiy maqsadlari asrlar davomida amal qilinib kelinayotgan fiqhiy mazhablarni inkor qilishdan iborat. Mazhabsizlik g‘oyasi deyarli 12 asrdan ortiq vaqt mobaynida yashagan minglab ulamolarning butun umrlarin davomida olgan ilmlari va qoldirgan meroslarini, yozgan asarlarini bekorga chiqaradi. Shu bilan birga asrlar davomida amal qilinib kelinayotgan an’analar noto‘g‘ri, ularga amal qilgan musulmonlar esa adashgan ekan degan xulosaga olib keladi. Bundan tashqari musulmonlar birligini xavf ostida qoldiradi. Zero, Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom) hadislarida: «Alloh ummatimni zalolatda jamlamaydi», «Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa Allohning huzurida ham yaxshidir» (hadislarni Hokim Naysaburiy rivoyat qilgan), deyilgan. Mazhablar ham musulmonlarning birligi. Olimlar butun umrini shariat ilmiga bag‘ishlab, undagi o‘ta nozik masalalarni o‘rganish uchun umrining ko‘p yillarini bag‘ishlaganlar, Qur’on va hadislarda uchraydigan va barcha insonlar tushunishi qiyin bo‘lgan holatlarni fahmlash va tushunishga oson shaklga keltirib so‘ngi xulosalarni berganlar.

Mazhabsizlik g‘oyasini soxta salafiylar ilgari surmoqda. Ularning fikricha, fiqhiy mazhablar tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarni to‘g‘ri tushunish usuli sifatida tan olinmaydi, balki shariat ahkomlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga tatbiq etish lozim deb hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, mazhabsizlarning da’vosi bo‘yicha har bir kishi, o‘zi Qur’ondan yoki hadisdan hukm olishi mumkin. Chunki mujtahidlarning xulosasi boshqalar uchun asos bo‘la olmaydi, har bir odam o‘zi fatvo berishi mumkin. Ularning bu g‘oyasiga amal qilinsa, barcha Qur’on va hadisdan hukm olishga o‘tsa, jamiyat hayoti o‘z-o‘zidan izdan chiqadi. Chunonchi tibbiyot, arxitektura va hokazo soha vakillari ham o‘zlari mustaqil tarzda Qur’on yoki hadislarni o‘rganib o‘z masalalarini hal etishlari lozim bo‘lib qolar edi. Mazhabsizlikni targ‘ib qilayotgan soxta salafiylik mafkurasiga ko‘ra fiqhiy mazhablar tomonidan ishlab chiqilgan kategoriyalar shariatni to‘g‘ri tushunish uslubi sifatida tan olinmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shariat ahkomlarini amalga tatbiq etish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
Aslini olganda, musulmonlar Payg‘ambar (alayhis-salom)ga ergashadi, mujtahidlarga taqlid qiladi xolos. Ulamolarning tutgan yo‘llari haqida mashhur muhaddis Zahabiy: «Biz, to‘rt imom (Abu Hanifa, Molik, Shofeiy, Ahmad), ikki Sufyon (Sufyon Savriy va Sufyon ibn Uyayna), Avzoiy, Dovud Zohiriy, Is’hoq ibn Rohuvayh va boshqa imomlar haq yo‘lda bo‘lganlar, deb ishonishimiz lozim. Ular o‘zlari haqda aytilayotgan ayb (gap)lardan pok bo‘lib, ularga e’tibor qaratilmaydi. Boshqa mujtahid muayyan bir mazhabga ergashishi shart... Ikki haram imomi (Juvayniy) ta’kidlaganidek, sahobiy va tobeiylarga ergashib bo‘lmaydi, chunki ularning mazhabi yozilmagan va shakllantirilmagan. Qozilik masalalari va fatvo berishda to‘rt mazhabdan boshqasiga taqlid qilinmaydi», degan. Boshqa bir olim Tojuddin Subkiy shunday yozadi: «Ushbu to‘rt mazhab (hanafiy, molikiy, shofeiy, hanbaliy), Alloh rahmati ila, e’tiqodda bir bo‘lgan. Ularning ayrim izdoshlari mo‘taziliylar va mujassimaga qo‘shilib ketganlariga qaramasdan, mutlaq ko‘pchiligi haqiqatga rioya qilganlar...». «Ahli sunna val-jamoa» olimlari to‘rt mazhabdan biriga taqlid qilish shart ekani borasida ixtilofga bormaganlar. Xulosa qilib aytish mumkinki, islomdagi fiqhiy mazhablar musulmonlarning birligini saqlashga va xalqning diniy hukmlarga rioya etishlaridagi qiyinchiliklari oldini olishga xizmat qilgan. Biroq mazhablarni inkor qilish musulmonlar qalbiga turli shubhalarni solish barobarida sof islom aqidasini buzish va jamiyatda ixtilofli holatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan.


Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling