Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Download 2.19 Mb.
bet2/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

Fanning maqsad va vazifalari
«Dinshunoslik» fanini o‘qitishdan maqsad – «Dinshunoslik» yo‘nalishi talabalariga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosobatning tubdan o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo‘lida qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy ma’lumotlarni berish ko‘zda tutilgan.
«Dinshunoslik» fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
Dunyo dinlarining kelib chiqishi, ta’limoti, tarqalishi, Yaqin Sharq qadimiy dinlari, yahudiylikning tarixi, muqaddas kitobi, ta’limot va amaliyoti, asoslari, rivojlanishi, ilohiyot maktablari, hozirgi holati, xristianlikning paydo bo‘lishi, tarqalishi, Iso masih hayoti va ta’limoti, cherkov tashkiloti, bo‘linishi, katoliklik, pravoslavlik, xristianlik ilohiyoti, uning falsafaga bog‘lanishi, protestantlik, diniy islohotlar, islom dini, uning muqaddas manbalari va ta’limoti, islomdagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar, hinduiylik, jaynizm, sikxiylik, Buddaning hayoti, buddaviylik ta’limoti, rivojlanishi, xinayana, maxayana yo‘nalishlari, mintaqaviy shakllari, xitoy dinlari, daolik, konfutsiylik, Koreya dinlari, Yaponiya dinlari, sintoiylik, Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerika, Avstraliya dinlari haqida manbalarga asoslangan xolis, tarixiy ma’lumotlarni berish.
Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, o‘quvi va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar quyidagilardan iborat:
Bakalavr:
- Dinshunoslik, inson dunyoqarashining shakllanishi, diniy ta’limotlar, dinlarning dunyo xalqlari ongi, madaniyati va urf-odatlariga ta’siri;
- Markaziy Osiyoda qadimdan e’tiqod qilinib kelgan dinlar, ularning manbalari, zardushtiylik, xristianlik, buddaviylik va shu kabi boshqa dinlar ta’limoti;
- dunyo dinlarining mintaqaviy
- diniy bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari;
- xalqimiz o‘zligini chuqurroq anglashi uchun, o‘z tarixi, ajdodlar madaniy va ma’naviy merosidan bahramand bo‘lishi, buning uchun ularning turli tillardagi asarlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- madaniy, ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy hayotda dinning o‘rni;
- dunyo dinlari va yirik diniy konfessiyalarning ta’limoti va mazmun-mohtiyati;
- diniy matn, muqaddas kitoblarning o‘ziga xos tuzilishi va uslublari;
- Markaziy Osiyodagi mavjud bo‘lgan dinlarning tarix, zardushtiylik, buddaviylik va shu kabi dinlarning ta’limotlari va ularning mahalliy aholi urf-odatlarida aks etishi;
- hozirda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar haqidagi ma’lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- dinshunoslik sohasida bibliografik va tarixiy tahlilni amalga oshira bilish;
- dindorlar va dindan uzoq toifalar orasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, turli dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar bilan umumiy til topishish, ular bilan suhbat qila olish;
- din falsafasiga oid manbalar bilan ishlash; turli diniy-falsafiy qarashlarni qiyoslash, tushuntirish; din falsafasi va dinshunoslik fanlaridan ta’lim berish; diniy, falsafiy ta’limotlarga oid tadqiqotlar olib borish;
- ilohiyot faniga mansub adabiyotlarni sharhlay bilish;
- din sotsiologiyasining ilmiy nazariy va amaliy asoslarini tushuntirib berish;
- din sotsiologiyasi, dinlar tarixi, dinshunoslikka oid ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- din psixologiyasi, diniy e’tiqod, bilish jarayonlariga oid tadqiqotlar olib borish; o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida din psixologiyasi fani bo‘yicha ta’lim berish; din psixologiyasi va unga oid tadqiqotlardan amaliy maqsadlarda foydalanish;
- tarix tajribasini anglash asosida milliy qadriyatlar va e’tiqodlarni, gumanizm, inson huquqi va demokratik qadriyatlarni hurmat qilish, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik g‘oyalarini shaklantirish;
- mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini teranroq anglashga va uni boshqa mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy hayot bilan solishtirib, zarur ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-tarbiyaviy xulosalarchiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, ma’rifiy, fikriy tarixini o‘z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining umumiy o‘rta ta’lim bosqichida o‘qitiladigan «Dunyo dinlari tarixi», o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi «Dinshunoslik» fanlari doirasida dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari kabi dinshunoslikning boshlang‘ich asoslari o‘qitiladi. Shu sababli ham oliy ta’lim tizimining bakalavr bosqichidagi «Dinshunoslik» fani doirasida quyi bosqichda berilgan ma’lumotlar asosida dinlarning rivojlanish tendensiyalari, bugungi kundagi holati hamda din niqobidagi turli buzg‘unchi g‘oyalarning kelib chiqish sabablari, oldini olish yo‘llari haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishi maqsadga muvofiq. Ushbu konsepsiyadan kelib chiqqan holda ushbu o‘quv qo‘llanmada asosan tahliliy ma’lumotlar keltirildi. Mamlakatimizdagi ko‘pkonfessiyalilik sharoitida turli millat, elat va din vakillari orasidagi totuvlikni ta’minlash, jahonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga munosib hissa qo‘shish har bir fuqaroning, ayniqsa, oliy ma’lumotli ziyolining muqaddas burchidir. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ta’kidlanganidek, «Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o‘rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini mustahkamlashni biz bundan buyon ham eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz»1.
Dunyo miqyosida millatlararo va konfessiyalararo hamkorlik, hamjihatlikni mustahkamlash ko‘p jihatdan jamiyat hayotiga bag‘rikenglik tamoyillarining samarali joriy etilishiga bog‘liq. Jahondagi murakkab va ziddiyatli kechayotgan jarayonlar turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamkorlik va hamjihatlik ruhidagi aloqalarni mustahkamlash tarixiy zaruriyat ekanini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda qabul qilingan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish­ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ning beshinchi bandida «xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat» mamlakatimizda asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Respublikamiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 19 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilishi2 ham turli konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikka davlatimizda xalqaro ahamiyatga ega masala sifatida qaralyotganining yorqin ifodasidir. O‘zbekistonda davlat va din masalalarini bilish jamiyatimizning har bir ilg‘or fuqarosining burchidir. Davlat va din o‘zaro munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar hatto butun jahon miqyosida ham e’tiborga loyiq. Qo‘llanmada davlat va din munosabatlariga oid taqdim etilgan ma’lumotlar kelgusida Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish niyatida bo‘lgan yoshlarimizning amaliy faoliyatida dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi.
Oliy ta’limning bakalavr bosqichi talabalari dinning mohiyati, uning falsafiy talqinlari, unga berilgan turli ta’riflar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim. Shuning uchun ham ushbu qo‘llanmada dinni o‘rganishdagi yondashuvlar, dinshunoslik maktablari, asosiy namoyandalari haqida yetarlicha ma’lumot berilgan. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq, ijtimoiy hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan. Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqod qilib kelgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Islom dini doirasida yuzaga kelgan turli mazhab va yo‘nalishlarning asl mohiyati haqida yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish ushbu dindagi har xillik va ixtiloflar orasidagi farqlarni to‘g‘ri ajrata bilishga yordam beradi.
Respublikamizda dinshunoslik sohasini rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni e’zozlash, dinning ma’naviy-ma’rifiy jihatlarini xalqimizga keng yoritib berishga qaratilayotgan e’tiborni quyidagilarda ham yaqqol ko‘rishi mumkin: O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan Toshkent islom universitetida ISESCO tashkilotining maxsus kafedrasi ochilishi; Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘inoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abul Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabining tashkil etilishi; «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida», «Abu Iso Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlar, «Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yiilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoyishning qabul qilinishi, «O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi»ning tashkil etilishi, «O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-­tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va boshqalar. Shu bilan birga, Respublikamiz Prezidenti BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida «Muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz», deya, islom dinining ezgu va tinchlikparvar mohiyati, yurtimiz allomalarining islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissalari, yurtimizda ma’naviy merosni tiklash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida so‘zladi. Bugungi kundagi globallashuv jarayonlari faol kechayotgan bir vaqtda, ming afsuski, dindan o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda foydalanishga intilayotgan kuchlar ko‘plab topilmoqda. Diniy ekstremizm, mutaassiblik, missionerlik, tarixda o‘tgan hamda yangi paydo bo‘layotgan destruktiv sekta va oqimlar harakatlari shular jumlasidandir. Ushbu qo‘llanmada ularning namoyon bo‘lish turlari, o‘z-o‘zini niqoblash usullari va ularga qarshi «jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida kurash olib borish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Ayniqsa, hozirda ommaviy axborot vositalari orasida eng faol vosita bo‘lib qolgan internet va kibermakondagi diniy-mafkuraviy xurujlar, ularga qarshi yoshlarda immunitet hosil qilish masalalariga keng o‘rin ajratilgan.
Dinshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan, rivojlangan va hozirda ham shu jarayon davom etmoqda. Shunga ko‘ra, dinshunoslik fani mazkur fanlar bilan hamkorlik qilib tutashgan yerida uning turli sohalari vujudga kelgan. Mazkur uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda o‘zbek, rus va boshqa chet tillaridagi manbalardan foydalanildi.



Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling