Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Vijdon Erkinligi, svoboda sovesti


Download 2.19 Mb.
bet111/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

Vijdon Erkinligi, svoboda sovesti, freedom of religion – diniy e’tiqod erkinligi.
Diakon (yunoncha, xizmatchi) – xristian cherkovlaridagi eng quyi ruhoniylik darajasi.
Din arkonlari – ma’lum bir dindagi asosiy ibodat­lar majmui.
Diniy bag‘rikenglik – kishilar va jamiyatda diniy asosda o‘zaro bir–birini tushunish, xolis va haqqoniy bilimlar, adolatli va haqiqiy baholar, o‘zaro hurmat va ishonchga, hamjihatlik va hamkorlikka asoslangan qarashlar va amaliy faoliyat tizimini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy–madaniy hodisa.
Yepiskop (yunoncha, «nazoratchi») – xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni. Yepiskoplar havoriylarning izdo­shlari, deb hisoblanadi.
Injil, Yevangeliya, The New Testement ‎‎- (yunoncha - “Yevangelie”) “Yangi Ahd"dagi Mark, Matto, Luqo va Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning hayot yo‘li va mo‘jizalari bayon qilingan.
Kardinallar kollegiyasi – Rim katolik cherkovi­dagi oliy kengash. Papa o‘rni bo‘shab qolganda uning va­zifasini bajarish va yangi Papani saylash vazifalarini bajaradi.
Kirxa, Kirxa, Kirkha (nemischa – “cherkov”) – lyuteran cherkovlarining nomi.
Konfessiya, konfessiya, – (lot. «e’tirof, e’tiqod») din, diniy e’tiqod.
Kosmogoniya, kosmogoniya, cosmogony – astronomiyaning osmon jismlari, ularning paydo bo‘lishi va o‘zgarishlari haqidagi bo‘limi. Bu yerda osmon jismlarini ilohiylashtirish.
Kostel, kostel, roman catholic church (polyakcha, chexcha. – “cherkov”) – Rim katolik cherkoviga qarashli ibodatxonalarga nisbatan ishlatiladigan atama. Ushbu atama pravoslav yoki protestant cherkovlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Krishna, Krishna, Krishna – hinduiylikdagi e’tiborli xudolardan biri.
Luqo(Luka) – «Yangshi Ahd» tarkibiga kiruvchi to‘rt In­jil mualliflaridan biri. Xristianlik tarixida Bibi Maryamning suratini chizgan birinchi inson sifatida ta­nilgan. Iso Masihning 70 havoriylari qatoriga kiradi

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling