G L O S S A R I Y
Ansorlar – (arab. «yordam beruvchilar») ilk islom tarixida Makkadan hijrat qilgan Payg‘ambar va muhojirlarga yordam bergan madinalik musulmonlar.
Arafot – (arab. «tanimoq, bilmoq» fe’lidan) Makka shahrining sharq tomonidagi tepalik. Rivoyatlarga ko‘ra, jannatdan tushirilgan Odam Ato va Momo Havvo yerda ilk bor mana shu tepalikda uchrashganlar. Shuning uchun ham uni «Arafot» – «Tanishuv» deb ataganlar. Haj mavsumida barcha hojilar qurbon hayitidan oldingi kun tongdan kun qaytgunga qadar shu tepalik atrofidagi maydonda turishlari farz. Shu sababli hayitdan oldingi kun «arafa kuni» deb ataladi.
Aqiqa – “Aqiqa” lug‘atda “qorin sochi” degan ma’noni anglatadi. Atama sifatida esa, tug‘ilgan chaqoloqning sochini olish va tavalludi munosabati bilan so‘yiladigan qo‘yga aytiladi.
Vasaniya (idolopoklonnichestvo, paganism (arab. «vasan» – «yog‘ochdan ishlangan but») butparastlik.
Vahiy, nisposlanie, råvelation – ilohiyot bilan insonlarning payg‘ambarlar orqali muloqot yo‘li.
Jabroil, Djibril(Gavriil), Jibril – Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi farishta.
Johiliya, nevejestvo, ignorance– (arab. «yagona Allohni tanimaslik») Arabiston yarim orolining islom dinidan avvalgi davri shunday atalgan.
Zabur, Psaltыr, psalter – Dovud payg‘ambarga tushirilgan kitob. “Qadimgi Ahd” tarkibiga kiritilgan bo‘lib, turli qo‘shiq va madhiyalardan iborat.
Ilohiy Kitob, Nebesnaya Kniga, Holy Book – Alloh tomonidan payg‘ambarlarga nozil qilingan Zabur, Tavrot, Injil va Qur’on kabi kitoblar.
Imon, veroubejdenie, faith – lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa “Lo iloha illallohu Muhammadur rasululloh” (“Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari”) kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir.
Ka’ba, Kaaba, Ka’aba – (arab. «kub») Makka shahrida hozirgi davrda Baytul Harom (Muqaddas Masjid) ichida joylashgan islom dinining qiblasi hisoblanmish bino. Islom ta’limotiga binoan, uni buyuk to‘fondan so‘ng Ibrohim payg‘ambar o‘g‘li Ismoil bilan qayta tiklagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |