Respublikasi oliy talim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Theoretical and practical significance of research results


Download 102.55 Kb.
bet4/20
Sana19.06.2023
Hajmi102.55 Kb.
#1625559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Dissertatsiya Nodirbek

Theoretical and practical significance of research results.
The use of effective methods of dynamic games in physical education lessons of the primary class, in health activities of the educational agenda was determined. Conclusions and practical recommendations of the master's thesis can be used in lecturing students, in planning primary school physical education activities, and in creating a new generation of literature related to physical education.
Description of the work structure . Dissertation includes introduction, three chapters, conclusions, practical recommendations, list of used literature, 6 tables
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida o‘rta ta’lim maktablari va ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, huquqiy-me’yoriy, metodik ta’minoti bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda. «Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish»1 ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi, uning faol sa’yi-harakati va bevosita rahbarligida barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya, ommaviy va professional sport davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalari qatoridan joy olmoqda. O‘rganilayotgan muammoning dolzarbligini inobatga olib, maktab ta’limining o‘rta bo‘g‘inida ta’lim olayotgan qishloq o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlariga hududiy omillarning organizmga ta’sirini inobatga olgan holda tuzatishlar kiritish lozim bo‘lmoqda. Yuqoridagi keltirilgan barcha dalillar tadqiq qilinayotgan muammoning uzoq va yaqin xorij davlatlarida yetarlicha o‘rganib chiqilmaganligi va dolzarbligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi 65-sonli “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to‘g‘risida”gi Qarori hamda mazkur sohadagi jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni hal qilishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 102.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling