Axborot tizimi – axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmui.
Virtual auditoriya – masofali o’qitish sharoitida o’quvchilar guruhi o’quv - tarbiya jarayonini tashkil etish.
Virtual universitet – axborot – ta’lim muxiti, boshqarish bloklari va virtual ta’lim muassasasini boshqarish yig’indisi.
Virtual server – bu provayder bilan kelishgan holda kompyuterning imkoniyati darajasiga qarab alohida server ko’rinishda ishlashga mo’ljallangan qo’shimcha plata (elektron sxemalar) o’rnatilgan kompyuter hisoblanadi.
Veb sahifa - oddiy xat yoki kitob sahifasidan farqli narsa tushuniladi. Veb sahifa - Internet - provayderga xizmat qiluvchi va qandaydir firma, tashkilot yoki shaxsga tegishli xizmat qiluvchining uzoqlashtirilgan kompyuterida qandaydir nom bilan birlashtirilib, joylashgan axborotlar to’plamidir.
Veb sayt – bir nechta sahifalar turkumi sayt (site) deb ataladi. Veb sayt sahifalari o’lchamlari shaxsiy kompterning ekrani o’lchamlariga avtomatik ravishda moslashtiriladi.
Veb portal - so’zi inglizcha so’z bo’lib, umumiy ma’noda biror narsani birlashtirish, biriktirish nuqtasi ma’nolarida qo’llaniladi. Internet texnologiyasida esa turli xil universal servislarni birlashtiruvchi yirik sayt ma’nosida qo’llaniladi.
Global tarmoqlar – turli mamlakatlar yoki qit’alarda, er yuzining barcha joylarida joylashgan tarmoq foydalanuvchilarini birlashtiradi.
Gipermedia – matndan tashqari boshqa shakldagi ma’lumotlarni ham tavsiya qiluvchi hujjatlar hisoblanadi.
Gipermatn - Gipermatn ixtiyoriy joyda joylashgan o’zaro aloqadagi hujjatlar orasidagi aloqa. Ajratilgan jumla yoki so’zni "sichqoncha" bilan bosilganda foydalanuvchi tezgina ushbu mavzu yoritilgan fayllarga o’tishi mumkin.
Lokal (mahalliy) tarmoqlar (LAN - Local Agea Network)-bir xonadagi, binodagi, uncha katta bo’lmagan xududdagi kompyuter tarmoqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |