Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti soliqli daromadlarining amaldagi holati tahlili


Download 0.66 Mb.
bet4/9
Sana20.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1635154
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
D B KURS ISHI W

O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti soliqli daromadlarining amaldagi holati tahlili


Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ham davlatning byudjet daromadlarini aniqlash va belgilashda ularning istiqboliga asoslangan bashoratlarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor qaratilmokda. Lekin, respublikamiz uchun hali qirralari to’laligicha ochilmagan mazkur sohaning barcha yutuq va afzalliklarini o’rganishga bo’lgan munosabat hamda e’tiborning bugungi ahvolini qoniqarli deb bo’lmasligi, bu sohada chukur va samarali tadqiqotlar olib borish, uning ko’lamini oshirib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa, eng avvalo, byudjet daromadlarining istiqbolini belgilashning mazmuni, vazifalari, xususiyatlari, usullari, samaradorligi kabi o’ziga xos jihatlarini anglashni talab qiladi


Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi printsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:

  • soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;

  • soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng (adolatli) taqsimlanmog’i lozim;

  • soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga ta’sir ko’rsatmasligi;

  • soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;

  • davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha ar-zonroq bo’lishi lozim;

  • soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak;

  • sub’ektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga rioya etish (sharoit yaratish). Buning ma’nosi shundan iboratki, sub’ektlarga tegishli bo’lgan mablag’lar bir qismining Davlat byudjetiga oli-nishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmas-ligi kerak. Bu chegaradan oshib ketish sub’ektlarning mustaqilli-gini yo’qotishga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning o’sish sur’atlarini ta’minlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyot-ning rivojlanishiga olib keladi;

  • sub’ektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’l-magan holda vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byudjetga olinishi ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan turib olingan barcha daromadlar sub’ektlarning ixtiyoriga qoldi-rilmasdan davlatning ixtiyoriga o’tishi kerak. Bu printsipning ta’siri ostiga sub’ektlar ma’muriyatining noto’g’ri, noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) na-tijasida olingan daromadlar ham kiritilmog’i lozim;

  • ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu printsip davlat byudjeti daromadlarini dav-lat korxonalarining mablag’lari hisobidan tashkil etishda qo’l-lanilishi mumkin.

U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi va bir vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qon-dirishda davlatning manfaatlarini ta’minlaydi;

  • byudjet mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini ta’-minlash. Sub’ektlar ixtiyoridan mablag’larning byudjetga olini-shi ularning samarali faoliyat

ko’rsatishini rag’batlantirishi kerak. Bu erda qo’yilgan vazifa faqatgina Davlat byudjeti daro-madlarini miqdoriy jihatdan ta’minlash emas, balki shu orqali korxonada faoliyat ko’rsatayotgan mehnat jamoalarining manfaat-lariga, ular faoliyatining sifat ko’rsatkichlariga to’lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirishdir;
– byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish, bu printsip aholi mablag’lari hisobidan byudjet daromad-larini shakllantirishda qo’llanilib, uning natijasida aholi da-romadlarining bir qismi ular olgan daromadlarining darajasiga bog’liq ravishda byudjetga o’tkaziladi.
Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishni kengaytirish (rivojlantirish) ko’p jihatdan soliq tizimiga bog’liq.

Davlat byudjetining daromadlari8 mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayoni-ning elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega.


Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi.
Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning na-moyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’-lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.Miqdoriy jihatdan Davlat byudjetining daromadlari yara-tilgan (ishlab chiqarilgan) yalpi ichki (milliy) mahsulotda (mil-liy daromadda) davlatning ulushini ko’rsatadi.
Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlat-ning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va bosh-qa vazifalar bilan belgilanadi.





8 Bu erda “Davlat byudjetining daromadlari” iborasi byudjetga undirilayotgan soliqlar, to’lovlar, bojlar, ajratmalar va boshqa barcha daromadlarni o’z ichiga oladi.
Ana shularga muvofiq ravishda Davlat byudjetida mablag’larni kontsentratsiya qilish (to’plash, yi-g’ish) miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqla-nadi.O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari tizimini quyidagi jadval ma’lumotlari asosida tahlil etamiz. (1-Jadval) ga qarang.
Jadval ma’lumotlari ko’rinib turibdiki, davlat soliq siyosatining resurslardan samarali va oqilona foydalanishga erishish, davlat byudjeti daromadlarida mol- mulk solig’i rolini oshirishga qaratilganligi natijasida mazkur soliqdan tushumlarning absolyut summalarda oshib borayoganini ko’rishimiz mumkin.
Masalan, resurs to’lovlari va mol-mulk solig’ining salmog’i 2011 yilda davlat byudjetida 2308.9 mln. so’m yoki daromadlardagi ulushi 14.3 foizni tashkil etdi. 2012 yilda mazkur ko’rsatkichlar mos ravishda 2746.4 mln. so’m yoki 13.3 foizni tashkil etgan.

      1. Download 0.66 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling