Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Кo‘rsatkichlar
mlrd. so‘m 1.Davlatning tovar va xizmatlar sotib olish uchun sarflari 2. Aholining shaxsiy iste’mol sarflari 3. Pensiya fondiga ajratmalar 4. Iste’mol qilingan kapital sarflari (amortizatsiya) 5. Dividendlar 6. Import 7. Yollanma ishchilarning ish haqi 8. Biznesga egri soliqlar 9. Sof ichki xususiy investitsiyalar 10. Transfert to‘lovlari 11. Кorporatsiya daromadiga soliqlar 12. Qo‘yilgan kapitalga olingan foizlar 13. Кorporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi 14. Ishsizlarga yordam ko‘rsatadigan fondlarga aj- ratma 72 245 15 7 16 17 141 18 13 12 19 13 21 15 22 15. Eksport 16. Ijtimoiy sug‘urta badallari 17. Ijara haqi 18. Individual soliqlar (jismoniy shaxslarga soliqlar) 19. Individual mulkdan daromad 15 14 9 26 31 4. Yuqorida (3-masalada) berilganlar asosida YaIMni aniqlang. Inf- latsiya darajasi 20% desak, real YaIM, SMM hajmini hisoblang. Ularni hajmini qanday qilib ko‘paytirsa bo‘ladi? Javobingizni izohlang. 5. Fermer xo‘jaligi yetishtirgan bug‘doyini qayta ishlash korxo- nasiga 150000 so‘mga sotdi. Кorxona bug‘doyni tegirmonda tortib, unni 300000 so‘mga nonvoyxonaga sotdi. Nonvoyxona undan bulka, baton, obi non, patir yopib, oziq-ovqat, non va non mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazinlarga 450000 so‘mga sotdi. Ular bu mahsulotlarni 520000 so‘mga aholiga sotishdi. Har bir xo‘jalikning yalpi mahsulotdagi hissasini hisoblang. Ularni qaysi tarmoq ulushiga qo‘shamiz, nima sababdan? YaIMni qo‘shilgan qiymati bo‘yicha hisoblashning qanday afzalliklari bor? Кo‘rsating. 6. Кichik korxona jun ipdan paypoq to‘qishni yo‘lga qo‘ydi. Bu jarayon quyidagi bosqichlar va tegishli xarajatlardan iborat: Ishlab chiqarish bosqichlari Sotilgan mahsulot narxi, ming so‘m Qo‘shilgan qiymat 1.Fermer xo‘jaligi qo‘y junini xomashyo sifatida sotdi. 2. Xomashyoni yuvish, yigirishga tayyorlash. 3. Ip yigirish. 4. Paypoq to‘qish. 5. To‘qilgan paypoqni sotish. 250 410 560 720 850 Ular asosida sotilgan mahsulotning umumiy qiymati (jami ijtimoiy mahsulot) va pirovard mahsulot, qo‘shilgan qiymatni hisoblang. Bo‘sh ustunni to‘ldiring. Pirovad mahsulot deb qanday mahsulotga aytamiz? 7. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Ular asosida YaIMni qanday usul bilan hisoblaganda qaysilari qo‘shiladi. Har biri qanday faoliyat tu- riga kiradi, ko‘rsating, hisobga olinmasa hisoblanmaydi deb yozing, sababini ko‘rsating. 23 1) o‘zingiz va o‘rtog‘ingizga 2000 so‘m to‘lab kinoga tushdingiz va 500 so‘mdan 2 ta muzqaymoq oldingiz; 2) joriy yilda 5 mln. so‘m sarflab uy qurdingiz; 3) 3 mln. so‘mga besh yil avval qurilgan uyni sotib oldingiz; 4) mijoz ko‘ylagini tikkani uchun tikuvchiga 10000 so‘m berdi; 5) davlat xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida mudofaa uchun qo‘shimcha 1 mlrd. so‘m sarfladi; 6) fond bozoridan 120000 so‘mga «Yangiyo‘lyog‘» AJ aksiyalarini sotib oldingiz; 7) davlat pensionerga ijtimoiy ta’minot va salomatlikni saqlash dasturiga binoan 20000 so‘m yordam berdi; 8) yilning oxirida «Namangantegirmon» aksionerlik jamiyatida yil boshiga qaraganda don va un mahsulotlari zaxirasi 1 mln. so‘mga ko‘pligi aniqlandi; 9) uy bekasi oilasi uchun meva-sabzavotlardan konserva tayyorlab, qishga olib qo‘ydi; 10) O‘zDEU avtomobil ishlab chiqarish uchun 250 mln. dollarlik yangi robotlar sotib oldi; 11) Siz uy egasiga oyiga 10000 so‘m ijara haqi to‘layapsiz; 12) Siz 800 ming so‘m sarflab, Yaponiyada ishlab chiqarilgan yangi videokamera sotib oldingiz; 13) ota-onangiz Toshkent Moliya institutida o‘qishingiz uchun 5,0 mln. so‘m kontrakt puli to‘lashdi; 14) «Fayz-xolding» Namangan mebel korxonasi aksiyalari nazorat paketini sotib oldi. 8. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Tushunchalar orasida guruhga taalluqli bo‘lmaganlarini aniqlang va ularni ro‘yxatdan chiqaring. Saba- bini izohlang. Tushunchalar: yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, doimiy xarajatlar, davlat budjeti taqchilligi, inflatsiyaning o‘sish darajasi, narxlar indeksi, yalpi ichki investitsiya, ishsizlik darajasi, milliy boylik, foyda, to‘lov balansi holati. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling