241
6. Pul multiplikatorining harakati ikki shart:
hamma pullar bank
hisob varaqalarida qoladi va banklar ortiqcha zaxiralarga ega emasligiga
asoslanadi.
7. Bank foizi bankdan qarz olgan mijozlar to‘laydigan foiz.
8. Tijorat banklari ssudalarni qaytarish chog‘ida pul yaratadilar.
9. Кreditning qaysi turi bo‘lmasin, qanday shaklda berilishidan qat’i
nazar, kredit berishning asosiy talablariga amal qilinishi kerak.
10. Lombardlar ko‘chmas mulk evaziga kredit beradi.
11. 2003–2004-yillarda O‘zbekiston
hukumati tomonidan Osiyo
banki ko‘magida mamlakatning aholi farovonligini oshirish ko‘zlangan
«O‘zbekiston aholisining 2004–2006-yillar va 2010-yilgacha bo‘lgan
davrda turmush darajasini oshirishni o‘rta muddatli strategiyasi» ishlab
chiqildi.
TEST SAVOLLARI
1. Firma 20 mln. so‘m turadigan yangi uskuna sotib olish
uchun qarz olmoqchi. U bir yil xizmat qiladi. Buning natijasida fir-
maning qo‘shimcha daromadi 1500000 so‘mga yetishi kutiladi.
Firma uskuna uchun investitsiya sarflashi mumkin, agar foiz stavkasi
A) 6%; V) 8%; S) 10%; D) 12%; E) 15% bo‘lsa.
2. Bank dastlab qo‘yilgan summaga hamda unga hisoblangan
foizga ham to‘lovni hisoblaydi. Bunday foiz hisoblash summasi:
A) oddiy foiz;
V) murakkab foiz;
S) kreditga foiz;
D) qulay foiz;
E) qo‘shimcha foiz bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: