Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
T/N 1. Milliy iqtisodiyotning iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq 3 muammosiga e’tibor beriladigan bo‘ldi. Bular: a) iqtisodiy o‘sishdan ko‘zlangan maqsad; b) milliy daromadning o‘sish sur’ati qanday bo‘lishi kerakligi; d) qanday omillar evaziga iqtisodiy o‘sishni ta’minlash muammolaridir. 68 2. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda, taqsimlash omillari, chunonchi, milliy daromadda iste’mol va jamg‘armaning nisbati qanday bo‘lishi uncha rol o‘ynamaydi. 3. Intensiv iqtisodiy o‘sishning mehnatni tejovchi, kapital tejovchi va universal shakllari mavjud. 4. Nol darajadagi iqtisodiy o‘sish konsepsiyasining asoschilari iqti- sodiy o‘sish uchun qilingan harakatlar bir tomondan, resurslarning kamayib, tugab borishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, ekologik muammolarni keltirib chiqaradi, degan fikrni ta’kidlaydilar. 5. Iqtisodiy o‘sishda mehnat unumdorligi, mehnat sig‘imi, kapital unumdorligi, kapital sig‘imi, tabiiy resurslar unumdorligi va sig‘imi ko‘rsatkichlari muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular asosida mavjud resurslardan qay darajada foydalanganligimiz to‘g‘risida xulosa chiqaramiz. 6. Iqtisodiy o‘sish bilan milliy boylik o‘rtasidagi bog‘lanish deyarli sezilmaydi. Iqtisodiy o‘sish bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham milliy boylik to‘planaveradi. 7. Milliy boylik jamiyatning iqtisodiy kuch-qudratini, iqtisodiy potensialini tashkil qiladi. 8. Milliy boylikning yaratilishi va avloddan-avlodga o‘tishi nuqtayi nazaridan qarasak, asrlar osha hamma avlodlar mehnati bilan yaratilgan, avloddan-avlodga o‘tib kelgan tabiiy boylikdan iborat. 9. Iqtisodiy o‘sishning Xarrod-Domar modeli nisbatan eng sodda ishlab chiqarish funksiyasiga asoslangan model bo‘lib, asosiy diqqat kapital va uning me’yoriy unumdorligiga qaratiladi. 10. Iqtisodiy o‘sishning neoklassik: Кobb-Duglas modelida Xarrod- Domar modelidan farqli ravishda iqtisodiy o‘sishda barcha ishlab chiqarish omillari qatnashishini va ularning ortishi asosida mahsulot o‘sishiga erishishni ishlab chiqarish funksiyasi y = f (LK) orqali ko‘rsatib beriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling