Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang:
a) Ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘llarini ko‘rsatuvchi andozalar; b) aholining salomatligi, madaniy-ma’naviy, intellektual salohiyati, to‘plagan bilimi, malaka, mahoratida ifodalangan boylik; v) mamlakatning asosiy va aylanma kapital, moddiy zaxiralar, aholi- ning mol-mulki, tabiiy boyliklar, tarixiy obidalar, arxitektura yodgorlik- larida ifodalangan boylik; g) muayyan jamiyatning asrlar osha, o‘z tarixi davomida to‘plagan ne’matlarining jamidir; d) taraqqiyot asosi bo‘lib, mamlakat ixtiyoridagi mehnat tufayli yaratilib jamg‘arilgan moddiy ne’matlar, oltin, chet el valutalari, nomoddiy aktivlar va qadriyatlar, hisobga olingan va xo‘jalik aylanmasiga jalb etilgan yer va tabiiy resurslardan iborat; e) resurslarni tejab-tergab ishlatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga iqtisodiy o‘sish; yo) qo‘shimcha ishlab chiqarish resurslarini jalb etish evaziga eri- shilgan iqtisodiy o‘sish; j) joriy yildagi yalpi ichki mahsulot (YaMM)ning o‘tgan yilga yoki bazis yildagi YaIM nisbatida ifodalanuvchi ko‘rsatkich; z) ma’lum vaqt (yil) mobaynida real yalpi ichki mahsulot (yoki YaMM), sof milliy mahsulot hajmining ortib, tarkibi va sifatining o‘zgarib borishi. 67 Masala va mashqlar 1. Aytaylik, mamlakatning real YaMM 2011-yil 3,5 mlrd. dollar, 2012-yili esa 4,5 mlrd. dollarni tashkil etdi. Aholisi esa shu davr ichida 2 mln. kishidan 2,3 mln.kishiga ko‘paydi. a) YaIMni o‘sish sur’ati; b) YaIMni aholi jon boshiga o‘sish sur’atini hisoblang; YaIM hajmi, o‘sish sur’ati va aholi jon boshiga o‘sish sur’atiga ko‘ra qanday xulosa chiqarish mumkin? Fikringizni izohlang. 2. YaIM 2010-yili 18 mlrd. dollarni 2011-yili esa 25 mlrd. dollarni tashkil etgan. Shu davrda narxlar 25% o‘sgan. Nominal va real YaIM o‘sish sur’atini hisoblang. Iqtisodiy o‘sishga qanday omillar ta’sir qiladi? 3. O‘zbekistonda 2011-yili yaratilgan YaIM hajmi joriy baholarda 77790,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu 2010-yilga ishlab chiqarilgan YaIMdan 15959,4 mlrd. so‘mga ko‘p. Aholi esa 29,5 mln. kishiga yetdi. 2010-yili esa 29,1 mln. kishi edi. Narx o‘rtacha 7,6% ga ortdi desak, nominal va real YaIM o‘sish sur’ati, YaIMning aholi jon boshiga qanday o‘zgarganini hisoblang. Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilayapti? Izohlang. 4. Berilgan ishlab chiqarish funksiyasi y = AК 0,2 - L 0,3 . A yil davo- mida 4%ga, o‘sgan. Band bo‘lganlar 5%, kapital esa 3% ga o‘sgan. Real ishlab chiqarish hajmi necha foizga o‘sgan. Bu iqtisodiy o‘sishning qaysi modeli, deb hisoblaysiz? 5. Oltinchisi ortiqcha. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Tushun- chalar ichida guruhga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. Sababini izohlang. Tushunchalar: tabiiy resurslar miqdori va sifati, mehnat resurslari miqdori va sifati, asosiy kapital hajmi, texnik taraqqiyot va texnologiya, daromadning iste’mol va jamg‘arishga ajratilishi, investitsiyaning o‘sishi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling