Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet159/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

 
MB pul-kredit siyosati uni amalga oshirishda qo‘llaniladigan 
usullar holatidan kelib chiqib, «arzon» (yoki «yumshoq») va 
«qimmat» (yoki «qattiq») pul siyosati deb yuritiladi. 
«Arzon»
pul siyosati 
Iqtisodiy faollikni oshirish taqozo qilin-
ganda MB pul kredit siyosatini amalga 
oshirish usullarini yumshatib, pul taklifini 
kamaytiradi va shu orqali foiz stavkalarini 
pasaytiradi hamda Investitsiyalarning o‘si-
shini rag‘batlantiradi. 
Bunda MB inflatsiyani jilovlash maqsa-
didan kelib chiqib, nisbatan qattiqroq pul-
kredit usullari orqali pul taklifini qisqartirish 
va shu tariqa foiz stavkasini ko‘tarish hamda 
investitsion faollikni cheklashga harakat qi-
ladi. 
«Qimmat» 
pul siyosati 


224 
Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang: 
a) Moliyaning mohiyatini o‘zgartira olmaydi, lekin xo‘jalik 
yurituvchi subyekt faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ularga misol qilib 
rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya, iqtisodiy axborot va boshqalarni 
ko‘rsatish mumkin; 
b) pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish, taqsimlash va ishlatish 
yuzasidan ro‘y beradigan munosabatlarning nazariy ifodasi. Ular 
YaMM, milliy boylikni taqsimlash, ishlatish jarayonida vujudga keladi; 
v) jamiyatdagi turli-tuman moliya munosabatlarining majmui va bu 
munosabatlarni tartibga soluvchi moliya mexanizmi va moliya 
institutlari yaxlitligidan iborat; 
g) moliya mohiyatining xo‘jalik faoliyatida aniq ko‘rinishi, uning 
tashqi ifodasidir. U taqsimlash va nazoratdan iborat; 
d) firma, korxona, tashkilot, muassasa, jamiyat, uy xo‘jaligi 
(xonadon) moliyasi; 
e) davlat iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etib, jamiyatning o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun resurslarni to‘g‘ri tashkil etish 
va undan unumli foydalanish borasidagi strategik va taktik chora-
tadbirlar belgilash va ularni amalga oshirish; 
yo) muayyan maqsadga qaratilgan pul fondlari; 
j) moliyaviy munosabatlar (aloqalar), moliyaviy resurslarni 
uyushtirish va ishlatishni ta’minlovchi barcha vositalar majmui; 
z) xalqaro miqyosdagi davlatlararo moliyaviy munosabatlar bo‘lib, 
ular xalqaro moliya institutlari vositasida amal qiladi; 
i) jamiyat, umumdavlat miqyosidagi moliya; 
y) moliyaviy munosabatlarning maxsus turi bo‘lib, turli kutilmagan 
tarzda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash 
uchun yaratilgan mahsulotning ma’lum bir qismidan tashkil etilgan 
maxsus pul fondi va uni taqsimlash, ishlatish yuzasidan vujudga 
keladigan munosabatlar; 
k) moliya munosabatlarini amalga oshiruvchi, tartibga soluvchi, 
moliya infratuzilmasini tashkil etuvchi turli muassasa va davlat 
tashkilotlari; 
l) subyektlar o‘rtasida moliyaviy aktivlarni ayriboshlash, oldi-sotdi 
qilish yuzasidan munosabatlar, ularni amalga oshiriladigan joy va 
tartibotlar; 


225 
m) korxona, tashkilot, fuqarolar daromadining bir qismini qonuniy 
tartibda, belgilangan miqdor va muddatlarda budjet fondini tashkil qilish 
maqsadida davlat ixtiyoriga olinadigan pul mablag‘lari; 
n) hissadorlik(aksionerlik) jamiyati sarmoyasiga qo‘yilgan ulushga 
guvohlik qiluvchi, uning egasiga ulushiga muvofiq foydaning ma’lum 
bir qismini olish va shu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini 
beradigan qimmatbaho qog‘oz; 
o) davlatning o‘z funksiyalari va vazifalarini bajarishini moliyaviy 
ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini to‘plash (daromadlar) va 
sarflash (xarajatlar)ning balansi; 
p) soliq stavkasi (0 dan 100% gacha) bilan budjetga tushadigan soliq 
tushumi o‘rtasidagi bog‘lanishni, soliq stavkasining qaysi miqdorida 
soliq tushumi eng yuqori darajada bo‘lishini ifodalovchi ko‘rsatkich; 
r) bozorda davlat qimmatbaho qog‘ozlarining ko‘payishi tufayli, 
davlatning ulushi ortib, boshqa sotuvchilarni siqib chiqarilishi natijasida 
kapital quyilmalarni moliyalashtirishning umumiy sharoitini yomon-
lashuvi; 
s) davlat budjeti va nobudjet fondlarning birgalikda atalishi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling