Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang
MB pul-kredit siyosati uni amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar holatidan kelib chiqib, «arzon» (yoki «yumshoq») va «qimmat» (yoki «qattiq») pul siyosati deb yuritiladi. «Arzon» pul siyosati Iqtisodiy faollikni oshirish taqozo qilin- ganda MB pul kredit siyosatini amalga oshirish usullarini yumshatib, pul taklifini kamaytiradi va shu orqali foiz stavkalarini pasaytiradi hamda Investitsiyalarning o‘si- shini rag‘batlantiradi. Bunda MB inflatsiyani jilovlash maqsa- didan kelib chiqib, nisbatan qattiqroq pul- kredit usullari orqali pul taklifini qisqartirish va shu tariqa foiz stavkasini ko‘tarish hamda investitsion faollikni cheklashga harakat qi- ladi. «Qimmat» pul siyosati 224 Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang: a) Moliyaning mohiyatini o‘zgartira olmaydi, lekin xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ularga misol qilib rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya, iqtisodiy axborot va boshqalarni ko‘rsatish mumkin; b) pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish, taqsimlash va ishlatish yuzasidan ro‘y beradigan munosabatlarning nazariy ifodasi. Ular YaMM, milliy boylikni taqsimlash, ishlatish jarayonida vujudga keladi; v) jamiyatdagi turli-tuman moliya munosabatlarining majmui va bu munosabatlarni tartibga soluvchi moliya mexanizmi va moliya institutlari yaxlitligidan iborat; g) moliya mohiyatining xo‘jalik faoliyatida aniq ko‘rinishi, uning tashqi ifodasidir. U taqsimlash va nazoratdan iborat; d) firma, korxona, tashkilot, muassasa, jamiyat, uy xo‘jaligi (xonadon) moliyasi; e) davlat iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etib, jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun resurslarni to‘g‘ri tashkil etish va undan unumli foydalanish borasidagi strategik va taktik chora- tadbirlar belgilash va ularni amalga oshirish; yo) muayyan maqsadga qaratilgan pul fondlari; j) moliyaviy munosabatlar (aloqalar), moliyaviy resurslarni uyushtirish va ishlatishni ta’minlovchi barcha vositalar majmui; z) xalqaro miqyosdagi davlatlararo moliyaviy munosabatlar bo‘lib, ular xalqaro moliya institutlari vositasida amal qiladi; i) jamiyat, umumdavlat miqyosidagi moliya; y) moliyaviy munosabatlarning maxsus turi bo‘lib, turli kutilmagan tarzda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash uchun yaratilgan mahsulotning ma’lum bir qismidan tashkil etilgan maxsus pul fondi va uni taqsimlash, ishlatish yuzasidan vujudga keladigan munosabatlar; k) moliya munosabatlarini amalga oshiruvchi, tartibga soluvchi, moliya infratuzilmasini tashkil etuvchi turli muassasa va davlat tashkilotlari; l) subyektlar o‘rtasida moliyaviy aktivlarni ayriboshlash, oldi-sotdi qilish yuzasidan munosabatlar, ularni amalga oshiriladigan joy va tartibotlar; 225 m) korxona, tashkilot, fuqarolar daromadining bir qismini qonuniy tartibda, belgilangan miqdor va muddatlarda budjet fondini tashkil qilish maqsadida davlat ixtiyoriga olinadigan pul mablag‘lari; n) hissadorlik(aksionerlik) jamiyati sarmoyasiga qo‘yilgan ulushga guvohlik qiluvchi, uning egasiga ulushiga muvofiq foydaning ma’lum bir qismini olish va shu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beradigan qimmatbaho qog‘oz; o) davlatning o‘z funksiyalari va vazifalarini bajarishini moliyaviy ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini to‘plash (daromadlar) va sarflash (xarajatlar)ning balansi; p) soliq stavkasi (0 dan 100% gacha) bilan budjetga tushadigan soliq tushumi o‘rtasidagi bog‘lanishni, soliq stavkasining qaysi miqdorida soliq tushumi eng yuqori darajada bo‘lishini ifodalovchi ko‘rsatkich; r) bozorda davlat qimmatbaho qog‘ozlarining ko‘payishi tufayli, davlatning ulushi ortib, boshqa sotuvchilarni siqib chiqarilishi natijasida kapital quyilmalarni moliyalashtirishning umumiy sharoitini yomon- lashuvi; s) davlat budjeti va nobudjet fondlarning birgalikda atalishi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling