Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Masala va mashqlar
1. Fond birjasida o‘ynovchi «Ayiq» mijoz bilan unga olti oydan so‘ng 5 ming so‘mlik kurs bo‘yicha 200 dona aksiyani sotish uchun bi- tim tuzdi. Oradan olti oy o‘tgach aksiya kursi 4 ming so‘mga tushdi. «Ayiq» yutadimi yoki yutqazadimi, uning yutug‘i yoki zararini hi- soblang. Birjada «ayiqlar» kim-u, «buqalar» kim? Broker, dilerchi? 2. Fond birjasida o‘ynovchi «Buqa» 500 dona aksiyani 7 ming so‘mdan sotib oldi. Ma’lum muddat o‘tgach aksiya kursi 10 ming so‘mga ko‘tarildi. U yutdimi yoki yutqazdimi? Yutuq yoki zararning miqdori qancha? Nima sababdan fond birjasida ma’lum darajada chayqovchilik uchun yo‘l beriladi? 3. «Talaba» aksionerlik jamiyati»ning nizom kapitali nominal bahosi 1000 so‘mdan 100000 aksiyadan iborat. Jamiyat 90000 aksiya chiqardi va shu vaqtga qadar 5000 dona aksiyani qaytarib sotib oldi. 226 a) aksionerlik jamiyatining qancha aksiyasi muomalada yuribdi? b) agar aksiyalarni 2 barobar qimmatiga sotish mumkin bo‘lsa, jamiyat maksimal darajada qancha mablag‘ to‘plashi mumkin? Obligatsiya bilan aksiyaning farqi nimada? Izohlang? 4. Mamlakatda rejalashtirilayotgan iste’mol sarflari (mlrd. so‘m hisobida) S = 110 + 0,75Di ga teng. Davlat sarflari 500. Rejalashtirilgan investitsiya sarflari 360, soliqlar 260 ga teng. Eksport va import farqi nolga teng desak, Di = YaMM - T bo‘lsa, a) muvozanatli YaMM; b) davlat sarflari multiplikatori; d) soliqlarni 1 mlrd. so‘mga o‘sishi YaMM hajmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi, hisoblang. Soliq multiplikatori nima? Izohlang. 5. Quyidagi jadvalda turli foiz stavkalarida investitsiyaga talab hajmi berilgan. Iste’molga me’yoriy moyillik 0,75. Foiz stavkasi Rejalashtirilgan sof investitsiyalar, mlrd. so‘m 24 180 22 200 20 220 18 250 16 270 a) agar davlatning tovar (xizmat)larni sotib olish hajmi 15 mlrd. so‘mga o‘ssa, sof milliy mahsulotning real muvozanatli hajmi qanday o‘zgaradi? b) agar ana shu davlat sarflarini 15 mlrd. so‘mga o‘sishi, soliqlarni ham 15 mlrd. so‘mga o‘sishi bilan yuz bersa, real sof milliy mahsulot va daromadning real hajmi qanday o‘zgaradi, hisoblang. Davlatning fiskal siyosati YaMM, SMM, milliy daromadga qanday ta’sir ko‘rsatishini izohlang. 6. Mamlakatda qattiq inqiroz yuz berayapti. Agar iste’molga me’yoriy moyillik 0,8 ga teng bo‘lsa, yalpi talab egri chizig‘i 25 mlrd. so‘m hajmida o‘ngga siljishi uchun, ya’ni G hajmini 25 mlrd. so‘mga ko‘paytirish uchun davlat sarflarini qanchaga ko‘tarish kerak? Shu miqdorda yalpi talab o‘sishi uchun soliqlarni qanchaga pasaytirish kerak. Farqi nimada? 227 7. Oltinchisi ortiqcha. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Ulardan qaysi biri ortiqcha va nima sababdan ko‘rsating. Tushunchalar: Iqtisodiyotning nochorligi sharoitida daromad- larning kamayishi, milliy daromad o‘sish sur’atining pasayib ketishi, soliqlarning kamayishi, moliyalashtirishdan kreditlashga o‘tish, budjet xarajatlarining ko‘payishi, beqaror moliyaviy siyosat yuritish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling