Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
T/N 1. Moliya tizimi murakkab, unga turli jihatdan yondashish mumkin. Unga nazariy jihatdan qarasak, turli darajadagi moliya munosabatlari, moliya siyosati va uni amalga oshiradigan moliya mexanizmidan iborat. 2. Xayriya fondlari ikki jihati bilan ajralib turadi. a) mablag‘lar donorlarni majbur qilish yo‘li bilan to‘planadi; b) fond nimani zarur deb topsa, shunga sarflanadi. 3. Monopolist firma monopol narxlar orqali to‘lashi kerak bo‘lgan barcha soliqlarini iste’molchi zimmasiga yuklay olmaydi. Sababi, birinchidan, iste’molchilar o‘z ehtiyojlarini boshqa yo‘llar bilan qondirishi: chunonchi o‘rinbosar tovarlarni sotib olishi, iste’molini cheklash; ikkinchidan, davlat tomonidan sanksiya qo‘llanib, katta jarima to‘lashi mumkin. 4. Budjetning taqchilligi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga doimo salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 5. Iqtisodiy tanazzul kuchaygan sharoitda budjet taqchilligi yuz beradi. Ana shu taqchillikni yaxshisi pul chiqarish bilan qoplangan ma’qul, sababi aholidan qarz olinsa, foiz stavkasi o‘sadi hamda xususiy investorlarni «siqib chiqarish» holati yuz beradi. 6. Tarixiy tajriba ko‘rsatadiki, davlat qarzini vujudga kelishiga urushlar va iqtisodiy tanazzullik sabab bo‘ladi. 7. Davlat soliqlarni pasaytirib, o‘z sarflarini orttirsa, «tiyib turuvchi» fiskal siyosat qo‘llanilayotgan bo‘ladi. 8. Davlat jismoniy shaxslar daromadiga soliq ijtimoiy ta’minotga ajratmalar, foydaga soliqni oshirdi. Lekin davlat sarflari avvalgi holda qoldi. Bunday fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat bo‘ladi. 9. Marsni tadqiq etish uchun yangi kosmik dastur qabul qilindi. Bu rag‘batlantiruvchi, diskretsion fiskal siyosatga misol bo‘ladi. 228 10. Daromadlar o‘sib, odamlar o‘z topgan daromadlaridan ko‘proq soliq to‘lashayapti. Demak, davlat «tiyib turuvchi», avtomat fiskal siyosat yuritayapti. 11. «To‘la bandlik budjeti» – bu mavjud soliq va daromadlar darajasida iqtisodiyot yil davomida to‘la bandlik darajasida rivojlansa, budjetda davlat xarajatlari va daromadlari qanday nisbatda bo‘lishini ko‘rsatadi. 12. Sug‘urta sarflarni ko‘paytiradi. Shuning uchun ko‘pchilik zo‘rg‘a majburiy sug‘urta to‘lovlarini to‘laydi, xolos. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling