280
Qiymat ko‘rsatkichlari:
a) barcha aholi uchun:
aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM, SMM va milliy
daromad;
b) aholining alohida guruhlari uchun:
iste’molchilik budjeti (yuqori darajadagi mo‘l-ko‘l budjet,
o‘rtacha oila va eng kam ta’minlanganlar budjeti, nafaqaxo‘rlar va
boshqa ijtimoiy guruhlar budjeti).
Natural ko‘rsatkichlar:
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol tovarlari (oziq-ovqat
va nooziq-ovqat), uy-joy maydoni va uzoq muddat
foydalaniladigan
tovarlar miqdorlari.
Iqtisodiy tahlil uchun eng kam ta’minlangan iste’mol budjeti
muhim o‘rin tutib,
u ish haqi, nafaqa, stipendiya va boshqa
daromadlardan tashkil topadi.
«Turmush sifati indeksi» va «Inson kamoloti indeksi» – aholi turmush
farovonligi darajasini ifodalaydi.
Iste’mol savati asosida;
regressiv usul: iste’molning
eng kam qiymati, turli
xarajatlar va daromadlar nisbati orqali;
ekspert
baholash
asosida
sotsiologik
kuzatish
o‘tkazish orqali.
Eng kam iste’mol budjetini hisoblash usullari
Iste’mol
savati
Insonning muayyan darajadagi ehtiyojlarini
qondirish uchun zarur bo‘lgan
tovarlar va
xizmatlar miqdori bo‘lib, u joriy bozor narxlari
bo‘yicha hisoblanadi.