Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Masala va mashqlar
1. O’zbekistonda 2012-yili aholining umumiy daromadlari 77293,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Undan 38498. mlrd. so‘mi tadbirkorlik va boshqa daromadlar, 1414,4 mlrd. so‘mi ijtimoiy transfertlarni tashkil etadi. Aholi daromadlarida ish haqi, tadbirkorlik va boshqa daromadlar, transfert to‘lovlari ulushini, aholi 29,9 mln. kishi desak, aholi jon boshiga o‘rtacha daromadni hisoblang. Daromadning funksional va shaxsiy taqsimlanishi nima? Adolatli taqsimot deganda qanday taqsimot tushuniladi? Shu ko‘rsatkichlar asosida ularni keyingi yil ma’lumotlari bilan solishtiring. 2. Aholi pul daromadlari o‘tgan (bazis) yili 5196,7 mlrd. so‘m deylik. Joriy yilda 6488,6 mlrd. so‘mga yetdi. Iste’mol narxlarining o‘sish sur’ati bazis yilga nisbatan 10,3%ni tashkil etsa, agar aholi 25,4 285 mln. kishidan 25,5 mln. kishiga ko‘paydi desak, aholi jon boshiga pul daromadlari va real daromadlar qanday o‘zgarganini hisoblang. Aholining nominal va real daromadlari qanday daromad. Ularni o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir qiladi. Izohlang. 3. Aholining pul xarajatlari va jamg‘armasi o‘tgan yili 6211,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan edi, shundan 5107,4 mlrd. so‘mi tovar va xizmatlar sotib olish uchun sarflangan. Agar joriy yili, bu ko‘rsatkichlar muvofiq ravishda 5248,1 va 4387,6 mlrd. so‘m bo‘lib, aholi soni 25,4 mln. kishidan 25,5 mln.ga yetdi desak, aholi jon boshiga iste’mol va jamg‘arma qanday o‘zgarganini hisoblang. Iste’mol darajasi va tarkibiga qanday omillar kiradi, ko‘rsating. 4. To‘rt kishidan iborat Odiljonlar oilasining oylik pul daromadi 825 ming so‘mni tashkil etdi. Qo‘shnilari Olimjonlarning oilaviy daromadi esa 1025 ming so‘m. Undan tashqari natura shakldagi daromadlari pulga chaqilsa 250 ming so‘mga teng bo‘ladi. Oila 5 kishidan iborat. Har ikki oilada ham ikki kishi ishlaydi. Oila jon boshiga va ishlovchilarning har biriga to‘g‘ri keladigan umumiy va pul daromadlarni hisoblang. Aholi daromadlari tabaqalanishiga qanday omillar ta’sir qiladi. Кo‘rsating. 5. Bozor iqtisodiyotida taqsimot quyidagicha amalga oshiriladi: 1) mehnat va uning natijalariga qarab; 2) mulk va kapitalga qarab; 3) ehtiyojlarga qarab; 4) ishbilarmonlik qobiliyatiga qarab; 5) nufuziga qarab; 6) talab va taklif qonuniga asosan taqsimlanadi. Mazkur taqsimotga mos ravishda tashkil topishi hamda kelib tushish shakli jihatidan farqlanuvchi, shaxsiy daromad turlarini sanab bera olasizmi? 6. Quyidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor qiling. Ular asosida qanday indeks hisoblanadi: 1) sog‘liqni saqlash ahvoli; 2) ta’lim darajasi; 3) o‘rtacha yashash yoshi; 4) aholining bandligi; 5) siyosiy hayotga yo‘l berilishi. Bu indeks nimani ko‘rsatadi, u eng yuqori bo‘lgan mamlakatlarni ko‘rsata olasizmi? Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling