Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
286 T/N 1. Jini koeffitsiyenti qancha past bo‘lsa, daromad taqsimoti sarf raqobat sharoitida yuz berayapti deb, ta’kidlay olamiz. 2. Jini koeffitsiyenti Yaponiyada 0,270, Braziliyada 0,565. Demak, Braziliyada Yaponiyaga qaraganda daromadlar tengsizligi yuqori. 3. Olingan daromad qancha past bo‘lsa, oziq-ovqat, kiyim-kechak sarfi daromadda shuncha yuqori, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar olish uchun qilgan sarflar hissasi shuncha kam bo‘ladi, daromad ko‘p bo‘lsa, aksincha. Sarflar tarkibining olingan daromadga bog‘liqligini E. Engel o‘rgangan. 4. Farovonlik darajasi, hayot kechirish sharoiti – ijtimoiy erishilgan daraja. Real daromad - turmush darajasining bosh ko‘rsatkichi, lekin farovonlik, bundan tashqari hayot kechirish sharoitini ham o‘z ichiga oladi. 5. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish natijasida daromadlar tarkibi ham o‘zgardi, yollanib ishlovchilarning ish haqi ulushi pasayib, tadbirkorlik daromadi orta bordi. 6. Кambag‘allik darajasi minimal ish haqi asosida aniqlanadi. 7. Aholi pul daromadlarining asosiy manbai: ish haqi va xo‘jalik faoliyati yuritishdan olingan daromadlar, mulkdan va tadbirkorlikdan olingan daromad, transfert to‘lovlaridan tashkil topadi. Boshqa daro- madlarning esa salmog‘i past. 8. «Adolat» va «Tengsizlik» tushunchalari jamiyatning daro- madlarini taqsimlash nuqtayi nazaridan aynan bir-biriga o‘xshash tushunchalardir. 9. Bozor iqtisodiyotida daromadlar taqsimoti faqat bozor mexa- nizmi, uning erkin o‘yiniga bog‘liq emas. Davlat ham turli dastaklar orqali daromadlarni qayta taqsimlashga ta’sir ko‘rsatib, tartibga soladi. 10. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bos- qichida aholi barcha qatlamlarining ijtimoiy himoyasi amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirga kelib, asosan manzilli ijtimoiy himoya qo‘llanilmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling