Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

T/N 
 
Yalpi talab bilan yalpi taklif (AD = AS) muvozanati, umumiy 
makroiqtisodiy modelni ta’riflashning klassik modelida Sey qonuniga 
asoslanib: 
a) ish haqi va baholar mutlaq egiluvchan deb olinadi; 
b) birinchi o‘ringa iqtisodiy o‘sishning dvigateli sifatida yalpi taklif 
qo‘yiladi; 
d) ishlab chiqarishning turli omillari va to‘la bandligi darajasida 
yalpi talab bilan yalpi taklif muvozanatini bozor mexanizmi ta’minlaydi; 
e) yalpi taklif egri chizig‘i bilan iqtisodiyotning potensial
imkoniyati teng kelishi tamoyili doimo amal qiladi, degan fikrni ilgari 
suradi. 
2. YaIM muvozanatli darajasiga haqiqiy jamg‘arma va investitsi-
yalar rejalashtirilgan investitsiyalar bilan muvofiq kelmagandagina 
erishish mumkin. 
3. Haddan tashqari tejab-tergash natijasida, iste’molning kamayishi 
ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib keladi. Bu hodisa tejab-
tergash paradoksi, deb ataladi. 
4. Multiplikator bu – makroiqtisodiy muvozanatning oddiy, Кeyns 
modelida, investitsiyalarning o‘sishi tufayli daromadlarning necha baro-
barga o‘sishini ko‘rsatuvchi koeffitsiyent. 


110 
5. Resession farq – bu mutanosib daromad (ishlab chiqarish)ning 
yalpi xarajatlardan kamligi, ya’ni taklifning talabdan kamligi tufayli 
kelib chiqadi. 
6. Yalpi talab yalpi taklifga nisbatan ko‘p AD>AS bo‘lsa, ularni 
muvozanatga keltirish uchun: 
a) ishlab chiqarishni qisqartirish; 
b) ishlab chiqarishni va narxni o‘zgartirmay qoldirish kerak. 
7. Yalpi talab yalpi taklifdan kam ADmuvozanatga keltirish uchun: 
a) ishlab chiqarishni qisqartirish; 
b) ishlab chiqarishni o‘zgartirmay narxni tushurish zarur. Buni har 
bir mamlakat mavjud vaziyatdan kelib chiqib hal qiladi. 
8. O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish tufayli
chetdan energoresurslarni sotib oluvchi mamlakatdan, ularni eksport 
qiluvchi mamlakatga aylandi. 
9. O‘zbekistonda tarkibiy siljishlarni amalga oshirishda hududlardagi 
mahalliy xomashyo, mehnat resurslaridan samarali foydalanib ustuvor 
yo‘nalish aniqlanib, ularga ustunlik berish jihatidan yondashilmoqda. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling