Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
- Bu sahifa navigatsiya:
- Кondratev sikli
Кuznes sikli – («qurilish sikli» deb ham nomlanadi). S.Кuznes
milliy daromad, iste’mol sarflari va ishlab chiqarish maqsadidagi yalpi investitsiyalarda 20 yillik davrda o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini aniqlagan. Кondratev sikli («uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham nomlanadi). Rus olimi N.D Кondratev Angliya, Fransiya va AQSHning 100- 150 yildagi rivojlanishidagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirib bir qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi. U o‘z tadqiqotini tovar narxlari, prosent stavkasi, renta, ish haqi, eng zarur mahsulotlar ishlab chiqarish indeksi o‘zgarishi asosida olib bordi. U bir uzun to‘lqinning boshqasi bilan almashuvini ishlab chiqarishni bir texnologik usuldan ikkinchisiga o‘tishi, ish kuchining sifat jihatdan o‘zgarishi, ta’limning o‘zgarishi, tashkiliy iqtisodiy munosabatlarda tub o‘zgarishlar, boshqarishda tarkibiy revolutsiya yuz berishi bilan izohlaydi. Кatta sikl iqtisodiyotda tub burilish yuz berishi, fan-texnika- dagi buyuk kashfiyotlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi nati- jasida mutlaqo yangi texnologiyalarning kiritilishi bilan ajralib turadi. 126 1 - to‘lqin 1772–1783-yillardagi depressiyadan 1812– 1825-yildagi beqarorlikkacha; 2 - to‘lqin 1825–1838-yillardagi depressiyadan 1866– 1873-yillardagi beqarorlikkacha; 3 - to‘lqin 1873–1885-yillardagi depressiyadan 1913– 1929-yillardagi beqarorlikkacha; 4 - to‘lqin 1929–1938-yillardagi depressiyadan 1966– 1974 yillardagi beqarorlikkacha; 5 - to‘lqin 1974–1982-yillardagi depressiyadan bosh- langan. Iqtisodchilarning fikricha 2010-yillargacha davom etishi va 2010–2015-yillardan yangi 6 - to‘lqin boshlanishi mumkin deb taxmin qilingan edi. U birmuncha oldinroq 2008-yilda boshlandi. Кondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40–60 yilni tashkil qiladi. Кatta sikllarning tebranish davri. Siklning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishidir. Jumladan u birinchi katta sikl- ning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolutsiyasi, ikkinchisini – temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini – elektroenergiya, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon olimlari beshinchi – siklni elektronika, gen injenerligi, mikroprosessorlar va boshqalarni rivojlanishi bilan bog‘lashadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling