Respublikasi oliy va o`rta maxsus


Download 373.21 Kb.
bet10/22
Sana19.10.2023
Hajmi373.21 Kb.
#1709565
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
suv resurslari

S i r d a r yo Norin va Qoradaryoning qo‗shilishidan hosil bo‗lib, suv miqdori jihatidan u Amudaryodan keyingi o‗rinda turadi.
N o r i n daryosi Markaziy Tyanshandan boshlanib, O‗zbekiston hududida havzaning eng quyi qismigina joylashgan. Uning o‗rtacha yillik oqimi 13,8 km3 ga teng.
Q o r a d a r yo esa o‗z suvlarini Farg‗ona va Oloy tizmalari yonbag‗irlaridan oladi.
Uning o‗rtacha yillik suv sarfi 270 m3/s bo‗lib, oqim hajmi 8,52 km3 ga teng.
Norin va Qoradaryo qo‗shilgan yerdan boshlab Sirdaryo deyarli 300 km masofada Farg‗ona vodiysi bo‗ylab oqib o‗tadi. Shu oraliqda uning Chotqol, Qurama, Oloy va Turkiston tizmalari yonbag‗irlarida hosil bo‗ladigan katta­kichik irmoqlari bor. Lekin, ular suvining sug‗orishga olinishi oqibatida, ko‗pchiligi Sirdaryo o‗zaniga yetib kelmaydi.
Farg‗ona vodiysi chegarasida Sirdaryoning yirik chap irmoqlari Isfayram, Shohimardon, So‗x, Isfara, Xo‗jabaqirg‗on, Oqsuv kabi daryolar bo‗lsa, o‗ng irmoqlari Pochchaotasoy, Kosonsoy, G‗ovasoy va Chodoqsoylardir. Vodiydan chiqqandan so‗ng Sirdaryo o‗ng tomondan Ohangaron, Chirchiq, Kalas va Aris daryolarini qabul qiladi. Ushbu irmoqlarning deyarli barchasi (Kalas va Arisdan tashqari O‗zbekiston hududida o‗zining quyi oqimida oqib o‗tadi va asosan, O‗zbekiston yerlarini sug‗oradi.
Yuqorida keltirilgan jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, Sirdaryo va uning irmoqlarining suvlilik darajasi Farg‗ona vodiysi doirasida keng miqyosda o‗zgaradi. Chotqol va Qurama tizmalaridan eng kam suvli daryolar oqib tushadi: ulardan eng yirigi bo‗lgan Koson- soyning oqim miqdori yiliga 0,31 mlrd.m3 ga teng. Farg‗ona va Oloy tizmalaridan oqib tushuvchi daryolar nisbatan sersuv bo‗lib, ularning o‗rtacha yillik suv sarfi 8,4 m3/s dan (Moylisuv) 42,0 m3/s gacha (So‗x) o‗zgarib turadi. Turkiston tizmasidan oqib tushuvchi daryolarning suv sarfi sharqda 10,6­14,7 m3/s dan (Isfara va Xo‗jabaqirg‗on) g‗arbda 2,0­2,2 m3/s gacha (Zominsuv va Sangzor) kamayib boradi. Farg‗ona vodiysidan chiqqandan so‗ng Sirdaryoga quyiluvchi ushbu daryolar uning oxirgi chap irmoqlaridir.

Download 373.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling