Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet106/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Bozor subyekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi.
Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning asosan iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi bozorga ishchi kuchi yetkazib beruvchi asosiy tarkibiy birlik.
Tadbirkorlik sektori – iqtisodiyotning turli sohalarida daromad (foyda) olish maqsadida faoliyat ko‘rsatuvchi birlamchi bo‘g‘ini.
Davlat sektori – o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjet tashkilotlari va muassasalari majmui.
Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabati.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ning oldi-sotdi munosabati.
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi.
Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli.
Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi- sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchining oldi- sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa.
Broker (makler) bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling