Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet131/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

7.5-rasm. Befarqlik kartasi

Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu


uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi budjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi budjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi budjet chizig‘i shaklida ham aks ettirish mumkin. Iste’molchi budjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik V tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan har ikkala tovarning turli kombinatsiyalari G budjet chizig‘ida joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning budjet chizig‘i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, budjet chizig‘ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi (7.6-rasm).
A tovar
40

20
10


0 5 10 20 V tovar




7.6-rasm. Daromad o‘zgarishining budjet chizig‘iga ta’siri
O‘z navbatida narxning o‘zgarishi ham budjet chizig‘idagi turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi (7.7-rasm).
A tovar

L
N
M


0 V tovar



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling