Respublikasi oliy va o‘rta


Ilmiy abstraksiya usuli – tafakkur va tahlil paytida xalal berishi mumkin


Download 1.87 Mb.
bet17/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Ilmiy abstraksiya usuli – tafakkur va tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o‘nlab omillarning ta’siri ostida ro‘y beradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur mazmunini ochib berish maqsadida har bir omilni o‘rganish, bir tomondan, o‘ta mushkul va sermashaqqat hisoblansa, boshqa tomondan, u qadar muhim bo‘lmagan jihatlarni ham yuzaga chiqarib, tadqiqotchini voqeaning asl mohiyatidan chalg‘itadi. Shunga ko‘ra, tadqiqotchi uchun jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali, ahamiyatli va asosiy omillarni ajratib olib, diqqat markazini shunga qaratish muhim hisoblanadi. Bu harakatlar amalda tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam ravishda sodir bo‘ladi. Aynan shu jarayon ilmiy abstraksiyalashdir.
Ilmiy abstraksiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha – kategoriyalar ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlarning tashqi xossalaridagi ko‘plab tafovutlardan abstraksiyalashgan holda, biz ularni yagona iqtisodiy kategoriya – tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda turli tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini qat’iy e’tirof etamiz. Biroq, ilmiy abstraksiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va jarayonning mazmun- mohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli darajada qurollangan bo‘lishi lozim. Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to‘g‘ri ajrata olmay, pirovardida noto‘g‘ri xulosa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintez usulidir. Tahlil va sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan usullardan biri hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling