Respublikasi oliy va o‘rta


Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar


Download 1.87 Mb.
bet339/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Bu tizim davlat va boshqa turli
darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zaxiralarini, banklar, pul muomalasi, kredit va soliq tizimi, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarining harakatini o‘z ichiga oladi.
Eng avvalo, korxona (tarmoq)lar va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan ularning moliyaviy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi fondini, soliq tizimini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat budjeti moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat budjeti – bu davlat daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.
Davlat budjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida budjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekistonda davlat budjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (21.1 va 21.2-jadvallar).
Davlat budjeti daromadlarining tarkibiy tahlilidan ko‘rinadiki, bilvosita soliqlardan budjetga 2019 yilda 46427,2 mlrd. so‘m kelib tushgan. Bu holat shuni tasdiqlaydiki, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda bilvosita soliqlarning fiskal ahamiyati yuqori bo‘lmoqda.
Davlat budjeti daromadlarining shakllanish samaradorligi va barqarorligi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan xarajatlar ijrosining moddiy asosini tashkil etadi. Shuningdek, davlat budjeti xarajatlari davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma’nodagi ifodasini o‘zida aks ettiradi. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling