Respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.87 Mb.
|
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi soni YaIM Mln. kishi
- 910,8 12,1 41451,0 51,3
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)
- Yevropa hamjamiyati Komissiyasi (EHK)
- 20 ta yirik davlat ishtirokidagi 12-sammit
25.1-jadval
«Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko‘rsatkichlari (2018 yil)
Manba: http://ru.wikipedia.org. Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTRB faol shug‘ullanadi. XTRB va u bilan birga Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil investitsion obyektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi. Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli fuksional aloqalarni o‘rganishni amalga oshiradi, valyuta va budjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi. Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xalqaro tartibga solish tizimida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berib turadi. 80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatdagi o‘zgarishlar, jahon xo‘jalik aloqalari tizimini ko‘p tomonlama tartibga solish shakllari evolyusiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o‘zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil subyektlarni tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko‘payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi. yillarning o‘rtalarida dunyoda AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta’siri bo‘ldi. XVF, XTRB, TSBK (XST)ga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini tartibga solishda ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi. Yevropa Ittifoqi (YeI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu Ittifoqning Shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator Yevropa muassasalari tuzildi. Yevropa Ittifoqining ijroiya organi Yevropa hamjamiyati Komissiyasi (EHK)dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir. Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar Kengashi mavjud bo‘ladi. Yevropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat budjeti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi Yevroparlament zimmasiga yuklatiladi. Yevropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYu, 2004 yildan boshlab esa Evro joriy etildi va yangi muassasa – Yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga Yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi. Shuningdek, hozirgi iqtisodiy-siyosiy jarayonlarning yuz berishi va ko‘plab mamlakatlar ijtimoiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, katta ijtimoiy-iqtisodiy talofatlar keltirishi rivojlangan mamlakatlar hukumatlarini jiddiy tashvishga solib qo‘ydi. Ushbu holatlarga qarshi birgalikda kurashish va uning oldini olish maqsadida har yili turli mamlakatlarda ularning sammitlari o‘tkaziladi. Jumladan, 2019 yil 29 iyunda Yaponiyaning Osaka shahrida jahon yalpi mahsulotining 80 foizdan ortig‘ini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokidagi 12-sammit o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shu bilan birga, biz Jahon savdo tashkiloti bilan boshlangan muloqotimizni hamda Yevropa Ittifoqi bilan Hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi yangi bitimni tuzish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiramiz. Shuningdek, biz boshqa xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlardagi ishtirokimizni yanada kuchaytiramiz”1. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling