Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet51/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish omillari – ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar.
Ishchi kuchi – insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi.
Mehnat qurollari – inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar.
Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar.
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish – jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.
Oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi – mamlakat bo‘yicha yaratilgan yalpi ichki mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi – ishlab chiqarish sohasidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi
orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor mahsulot.
Sof mahsulot – yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi.
Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulot.
Qo‘shimcha mahsulot – sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan mahsulot.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling