Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet14/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ham o‘rganadi.


Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Masalan, qiymat qonuni turli tovarlar o‘rtasidagi ekvivalentlikni, o‘lchovdoshlik kabi aloqalarni ifodalaydi. Talab qonuni esa, talab bilan baho o‘rtasidagi aloqadorlikni ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning xohish-irodasiga bog‘liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:

  1. Umumiy iqtisodiy qonunlar – kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelish qonuni va boshqalar.

  2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar – insoniyat jamiyati taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni. Bu qonunlar tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan bir necha bosqichlarda amal qiladi.

  3. Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.

Bu qonun bozor iqtisodiyotining eng yuqori cho‘qqisi bo‘lgan “kapitalizm” deb atalmish taraqqiyot bosqichining maxsus iqtisodiy qonunidir. Aralash iqtisodiyotga o‘tishi bilan bu qonun so‘na boshlaydi. Iqtisodiy qonunlarning yuqorida sanab o‘tilgan guruhlarini bir-biridan farqlash uchun quyidagi shartli rasmdan foydalanamiz (1.3-rasm).



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling