Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet174/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) aksiya egalariga to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat aksiyadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg‘arishga, soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aksiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo‘ladi.
Aksiyalarning nazorat paketi – aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni. Nazariy jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat olib borish uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalarning 51 foiziga egalik qilish zarur. Amalda esa, aksiyalarning ko‘plab aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanib ketganligi u qadar yuqori salmoqqa ega bo‘lmagan aksiyalar sonini qo‘lga kiritish orqali ham nazorat paketiga egalik qilish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli. U egasining jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o‘z egasiga

yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo aksiyadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo‘lmaydi. Uning qiymati aksiyadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Aksiyaga qo‘yilgan mablag‘ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksiyador talabi bo‘yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham mamlakatimizda korxonalarni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 ta yangi toifa kiritildi1.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling