Marketing – bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning muhim yo‘nalishi bo‘lib, uning negizida bozor talablari, xaridorlarning tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlarini o‘rganib, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sifatini va hajmini unga mos rivojlantirish yotadi.
Marketingning zamonaviy konsepsiyasi bozor uchun zarur bo‘lgan va bozorda sotish mumkin bo‘lgan tovarlarni zarur hajmda ishlab chiqarishni tashkil etishga yo‘llash tamoyiliga asoslanadi. Korxonaning ishlab chiqarish-texnikaviy, tashkiliy, investitsiya va boshqa faoliyati iste’molchining ehtiyojlariga, ularning yaqin istiqboldagi o‘zgarishiga yo‘naltiriladi. Xaridorlarning talablari tovar ishlab chiqarish hajmi va nomenklaturasini, mazkur talab va ehtiyojlarni qondirish asosida eng ko‘p foyda olishni ta’minlash yo‘llarini belgilab beradi.
Bu maqsadga marketingning quyidagi vazifalari orqali erishiladi: korxonaning ichki va tashqi marketing muhitini tahlil qilish; marketing chora- tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor muammolarini kompleks
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma'lumoti
o‘rganish; iste’molchilar va talabning shakllanishini tahlil qilish; raqobatchilar va raqobatni o‘rganish; sotishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; yangi tovarning konsepsiyasini shakllantirish; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish; narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; marketing dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; marketingni axborot bilan ta’minlash; marketingni boshqarish.
Menejment – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va tamoyillarining majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |