Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet203/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

11.3-jadval Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha foyda, zarar(-) (mlrd. so‘m) 1



Ko‘rsatkichlar

Yillar

2000

2010

2015

2016

2018

2019

Foyda jami

283,3

4520,8

14364,1

19323,1

22096,7

27656,7

Shu jumladan










Sanoat

84,4

3245,1

9762,4

13658,4

14355,9

28263,8

Qishloq xo‘jaligi

18,6

28,4

46,3

53,7

-

-

Qurilish

16,0

81,5

346,1

420,9

109,8

148

Transport va aloqa

98,8

879,2

2637,5

3215,4

4365,7

-2442,2

Savdo va umumiy ovqatlanish

28,4

220,6

1237,4

1584,6

1652,9

1521,1

Axoliga maishiy xizmat
ko‘rsatishning noishlab chiqarish turlari

1,5


6,3


49,2


56,3


52,6


72,9


Kommunal xo‘jalik

3,5

-12,4

44,1

49,2

58,3

85,1

Boshqa tarmoqlar

21,4

71,0

239,7

283,2

1501,5

8

Jadval ma’lumotlari iqtisodiyotda foyda hajmining nominal ko‘rinishini ifodalaydi xolos. Ushbu ko‘rsatkichlarga asoslanib, xulosa chiqarishdan oldin mamlakatda narxlar darajasining o‘zgarishi (o‘sishi) real iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sirini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun iqtisodiyotda yalpi foyda hajmini YaIMga nisbatan foizda ifodalash iqtisodiy




1 “O‘zbеkistonning yillik statistik to‘plami 2015” 207-bеt, T: 2016, O‘z.Rеs. davlat statistika qo‘mitasi va intеrnеt ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.
hodisa va jarayonlarning real holatini aks ettirishda va tegishli xulosalar chiqarishda muhim ahamiyatga egadir.
Ilmiy izlanishlarimiz natijasida respublikada YaIM hajmining ortishi va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari hali-hanuzgacha ekstensiv omillar hisobiga amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda. Buni respublika iqtisodiyotida yaratilgan mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi pul tushumlarida tannarx va foyda ulushining o‘zgarishidan anglash mumkin.
YaIM tarkibining sifat jihatdan takomillashtirib borilishi va iqtisodiy o‘sishda intensiv omillar rolini oshirish talabi mahsulot ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga uning tannarxini pasaytirib borishni taqozo etadi. Holbuki, tahlillarimiz natijasida, respublikada mahsulot tannarxi va ularning sotishdan olingan pul tushumlarida foyda ulushining bir xil darajada saqlanib qolishga moyilligi kuzatildi (11.4-jadval).
11.4-jadval O‘zbekistonda YaIM qiymat tarkibidagi o‘zgarishlarning tamoyillari1




2000

2005

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2018

Sotilgan 100
so‘mlik mahsulot tannarxi (so‘m)



71,3



71,8



72,6



72,1



72,1



71,9



72,8



72,4



73,1



72,1

Sotilgan mahsulotning 100 so‘mi hisobiga olingan




yalpi foyda

28,8

28,3

27,4

27,9

28,4

28,1

27,2

27,6

26,9

27,9

soliqlar to‘langunga
qadar foyda

12,8

12,5

11,7

12,7

10,8

13,5

12,2

12,7

13,2

13,5

sof foyda

9,1

8,8

8,1

8,2

7,0

9,3

8,2

7,9

8,4

9,1

Jadval ma’lumotlarida bu holat, mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish sur’atlari va YaIM hajmining ortishi ustuvor ekstensiv omillar hisobiga ta’minlanayotganligini anglatadi. Ichki bozorda narxlarning nisbatan barqaror saqlanib turishi, import tovarlar narxining o‘sib borishi, jahon bozorida eksport qilinadigan tovarlar narxlaridagi salbiy o‘zgarishlar (asosan xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlariga) ham YaIM tannarxining o‘sib, sotilgan mahsulot birligi hisobiga olingan foyda miqdorining kamayib borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.




1 Ushbu jadval O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi rasmiy ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.
Ushbu salbiy oqibatlarni bartaraf qilish maqsadida mamlakatimizda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi va unda iqtisodiyotni intensiv omillar hisobiga rivojlantirishni ta’minlaydigan bir qator aniq vazifalar belgilab qo‘yildi. Respublikada iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish orqali uning tarmoq va sohalarida foyda me’yorining oshishiga faqatgina “...ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish” orqali erishish mumkin.1
Iqtisodiy tahlil va kuzatuvlarimiz shuni ko‘rsatdiki, olinayotgan foyda bir tomondan, YaIM hajmi va qo‘shimcha mahsulot massasining oshish natijasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, har bir korxona, tarmoq va hudud foydani ko‘paytirishga intilib, YaIM va qo‘shimcha mahsulotning to‘xtovsiz ko‘payib borishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Foyda YaIM hajmini ko‘paytirishni rag‘batlantirishning o‘ta ta’sirchan richagi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini rivojlantirishda ushbu richagdan unumli foydalanish zarur.


Xulosalar



  1. Ishlab chiqarish xarajatlari – iqtisodiyot nazariyasining eng muhim ilmiy kategoriyalaridan biridir. Uning vazifasi korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat.

  2. Xarajatlarni tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotdan olingan pul tushumi nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashi, balki foyda olishni ham ta’minlashi kerak. Foyda – tadbirkorlik faoliyatining mazmunini anglatadigan, uni harakatga keltiruvchi omildir. Ammo bu maqsadga

1“2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi”. http://strategy.gov.uz/uz/pages/action_strategy
erishish ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etish iqtisodiy tahlilning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

  1. Tadbirkor korxona xarajatlari va foydasiga turlicha yondashadi. Muayyan xarajatlar doirasida foyda olishning eng yaxshi imkoniyatlarini ta’minlashi kerak. Muayyan foyda doirasida esa xarajatlarni shunday optimal darajaga keltirish kerakki, bunda ishlab chiqarishni moliyalashtirish ko‘p sarf talab etmasin.

  2. Korxona umumiy xarajatlari ikkiga bo‘linadi: ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xom-ashyo, yoqilg‘i, energiya, ishchi kuchi, amortizatsiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari tovarlarni realizatsiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan sarflardir. Ular sof muomala va qo‘shimcha muomala xarajatlariga bo‘linadi. Sof muomala xarajatlari foyda hisobidan qoplansa, qo‘shimcha muomala xarajatlari esa tovar narxiga kiritiladi.

  3. Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi. Tashqi xarajatlar korxona ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‘lib, tashqaridan jalb qilingan resurs va xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirishi uchun sarflanadigan xarajatlardir. Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozor narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

  4. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etish darajasiga qarab doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, uning o‘sishiga ham bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. O‘zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga bevosita ta’sir qiladigan xarajatlarga

aytiladi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.

  1. Korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa muddatli davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Boshqacha aytganda, qisqa muddatli davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali o‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.

  2. Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin.

  3. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi yalpi foyda deb yuritiladi. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulotdir.

  4. Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari), banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.

  5. Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxning oshishi hisobiga erishish mumkin.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling