Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet211/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

12.3-jadval.
Yurtimizdagi eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘sishi1



Qachondan

Miqdori

Huquqiy xujjat

01.08.2010 dan

45 215 so‘m
1,2 baravar oshirildi

09.07.2010
PF-4224-son

01.12.2010 dan

49 735 so‘m
1,1 baravar oshirildi

15.11.2010
PF-4253-son

01.08.2011 dan

57 200 so‘m
1,15 baravar oshirildi

07.07.2011
PF-4332-son

01.12.2011 dan

62 920 so‘m
1,1 baravar oshirildi

03.11.2011
PF-4377-son

01.08.2012 dan

72 355 so‘m
1,15 baravar oshirildi

05.07.2012
PF-4450-son

01.12.2012 dan

79 590 so‘m
1,1 baravar oshirildi

09.11.2012
PF-4482-son

15.08.2013 dan

91 530 so‘m
1,15 baravar oshirildi

11.07.2013
PF-4547-son

15.12.2013 dan

96 105 so‘m
1,05 baravar oshirildi

02.12.2013
PF-4582-son

01.09.2014 dan

107 635 so‘m
1,12 baravar oshirildi

31.07.2014
PF-4639-son

15.12.2014 dan

118 400 so‘m
1,1 baravar oshirildi

21.11.2014
PF-4672-son

01.08.2015 dan

130240 so‘m
1,1 baravar oshirildi

26.08.2015
PF-4751-son

01.10.2016 dan

149775 so‘m
1,15 baravar oshirildi

22.09.2016
PF-4875-son

01.12.2017 dan

172240 so‘m
1,15 baravar oshirildi

20.11.2017
PF-5245-son

15.06.2018 dan

184 300 so‘m
1,07 baravar oshirildi

02.07.2018
PF-5469-son

01.11.2018 dan

202 730
1.1 baravar oshirildi

13.10.2018
PF-5553-son

01.08.2019 dan

223 000
1.1 baravar oshirildi

21.05.2019
PF5723-son



1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma'lumotlari asosida
Prezidentimizning Oliy majlisga murojaatida ta’kidlanganidek, “Yil davomida budjet tizimi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi”1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5723-son farmoniga muvofiq 2019 yilning 1 sentyabridan eng kam ish haqi miqdori (EKIH) o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM), bazaviy hisoblash miqdori (BHM) va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori kiritildi.
Hozirgi paytda qo‘llanilishiga ko‘ra, 2020 yil 1 fevraldan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) – oyiga 679330 so‘m; bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 223000 so‘m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) - 238 610 so‘m qilib belgilangan (12.4-jadval).
12.4-jadval.
O‘zbekiston Respublikasida ish haqi meyorlarining o‘zgarishi



Qachondan

MHTEKM

BHM

PHBM

Huquqiy xujjat

01.08.2019 dan

577170

202730

202730

21.05.2019
PF-5723-son

01.09.2019 dan

634 880

223000

223000

12.07.2019
PF-5765-son

01.02.2020 dan

679 330

223000

238610

30.12.2019
PQ-4555-son

MHTEKM lavozim maoshi, ustama, qo‘shimcha pul, gonorarlar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari, oziq-ovqat, yo‘l va rag‘batlantiruvchi boshqa turdagi to‘lovlar, ish haqini hisoblashda qo‘llaniladigan chegara miqdor, qonunchilik bilan belgilangan chegirib qolish hamda ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlar aniqlash maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qo‘llaniladi.




1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
MHTEKM egalik shakli va mehnat munosabatlaridan qat’i nazar, belgilangan mehnat normalarini to‘liq bajargan ishchilar mehnatiga haq to‘lashning past chegarasi sifatida barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo‘ladi.
Bazaviy hisoblangan summa soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari, stipendiyalar va taqdim etiladigan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlash, shuningdek, oilaning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovga muhtojligini aniqlashda qo‘llaniladi.



    1. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli



Mehnat munosabatlari ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha munosabatlardir.
Kasaba uyushmasi — fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi”1dir.
Ishga yollash bo‘yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari

  • korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi ishga yollash bo‘yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy xujjat. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi. Ayrim hollarda davlat ham korxona

1 O‘zbеkiston Rеspublikasining 2019 yil 6 dеkabrdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” O‘RQ-588-sonli Qonuni
ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

    • qonuniylik;

    • ixtiyoriylik;

    • kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;

    • mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish;

    • teng huquqlilik;

    • oshkoralik va ochiqlik.

Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi. Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar o‘zlarining ishchi kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan ko‘p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin.


  1. Download 1.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling