Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet218/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlarning mazmuni. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning xususiyatlari

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo‘lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va aholi uchun iste’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Xalq orasida qadim zamonlardan beri qishloq xo‘jaligi xazinalar sandig‘i hamda etti xazina degan gaplar yuradi. Etti xazina deganda – sigir, tovuq, o‘rmon, ipak qurti, asalari juvoz va tegirmonlar ko‘zda tutiladi. Bu xazinalarning har biriga alohida ta’rif bergan ham dono xalqning o‘zidir. E’tibor bering: chorva – ro‘zg‘or qassobi va baqqoli. Paranda – ham obi yog‘von, ham dori-darmon. Ipak qurti – qizlar sepi. O‘rmon – imorat suyagi, hayot tirgagi, musaffo havo manbai. Asalari – oila tabibi. Objuvoz – qozonning yog‘i. Tegirmon – qorinning belbog‘i.14 Bu iboralar ota-bobolarimizning kuzatishlari va tajribalarida sayqal topgan dono fikrlar bo‘lib, qishloq xo‘jaligining inson hayotidagi doimiy ahamiyatini ifodalovchi tushunchalardir. Bu qayd etilgan etti xazinaning hammasi qishloq xo‘jaligida bo‘lib, bu sohaning ahamiyatiga bundan ortiq tarif topish qiyin.


Shuning uchun ham mamlakatimizda bu sohani rivojlantirishga har doim alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan «qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish»15 lozimligi ta’kidlanib kelinmoqda. Agrar soha oldida turgan vazifalarni bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma sohalarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida har tomonlama isloh qilish asosida rivojlantirish zarurdir. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham kishilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo‘ladi.
Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq bo‘ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling